Mei Ting (xitoycha: 梅婷; 1975-yil 30-aprel) — xitoylik aktrisa[1]. U yigirma ikkinchi Cairo International Film Festival kinofestivalida „Eng yaxshi ayol roli“ mukofotini hamda „A Time to Remember“ filmidagi ijrosi uchun beshinchi Huabiao Awards mukofotini qoʻlga kiritgan.

Mei Ting
Tavalludi 30-aprel 1975-yil (1975-04-30) (49 yosh)
Jiangsu, Xitoy
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1994-hozirgi kungacha
Turmush oʻrtogʻi

Yan Po (2001-2007)

Zeng Jian (2012-hozirgi kungacha)

Hayoti

tahrir

Mei Ting 1980-yilda, 7 yoshida oʻzi tugʻilgan Nan Jing shahridagi mashhur badiiy va ijro guruhi va iqtidorli bolalar maktabiga oʻqishga kirdi. 9 yoshida u „The Moon in Moon Festival“ filmida rol oʻynadi. 13 yoshida oʻz faoliyatini „Song & Dance Troupe of Frontier Line“ guruhida raqqosa sifatida davom ettirdi. 1994-yilda, 19 yoshida u „Red Cherry“ teleserialida bosh rolni oʻynashga taklif qilindi.

Karyerasi

tahrir

1996-yilda Mei Ting Pekindagi nufuzli Markaziy Drama Akademiyasining aktyorlik yoʻnalishiga qabul qilindi. Uning sinfdoshlari orasida Chjan Ziyi, Qin Xaylu, Yuan Quan va Xu Jing bor edi. Ular „1996-yilgi sinfning beshta oltin guli“ deb nomlangan. Kollej yillarida u allaqachon bir qator teleseriallarda rol oʻynashga taklif qilingan. Oʻqishga kirganidan ikkinchi yil oʻtib, u oʻzini bir qator teleseriallarda belgilangan rollarga toʻliq bagʻishlash uchun kollejdagi oʻqishini toʻxtatish toʻgʻrisida qiyin qaror qabul qildi[2].

1997-yilda u „A Time to Remember“ filmida Qiu Qiu rolini oʻynadi. U yigirma ikkinchi Cairo International Film Festival festivalida va Huabiao Awards mukofotlarida ushbu filmdagi roli uchun „Eng yaxshi ayol roli“ mukofotiga sazovor boʻldi. Mehnatsevar va samarali aktrisa sifatida Mei Ting 1997-yildan 2001-yilgacha 10 dan ortiq film va seriallarda rol oʻynagan.

Shaxsiy hayoti

tahrir

Mei Ting 2001-yildan 2007-yilgacha rejissyor Yan Po bilan turmush qurgan.

2012-yilda esa u kinomatograf Zeng Jianga turmushga chiqdi va hozirda ularning ikki nafar farzandi bor[3].

Filmografiyasi

tahrir
Yil Film (inglizcha nomi) Film (xitoycha nomi) Rol Manba
1997-yil A Time to Remember 红色恋人 Qiu Qiu [4]
1999-yil Dragon Boat Regatta 赛龙夺锦 Zhen Zhen [5]
2002-yil Dazzling 花眼 Xin Moli [6]
2006-yil Aspirin 阿司匹林 Wen Jing
2008-yil Desires of the Heart 桃花运 Zhang Ying [7]
2009-yil Judge 透析 [8]
2011-yil 1911 辛亥革命 Chen Yiying [9]
2012-yil Bunshinsaba 笔仙 Xiao Ai [10]
2013-yil Unbeatable 激战 Wang Mingjun [11]
2014-yil Blind Massage 推拿 Du Hong [12]
2015-yil Crazy New Year’s Eve 一路惊喜 Zhang Weiwei [13]
2017-yil The House That Never Dies II 京城81号II Niu Menghe/He Fei [14]
2019-yil The Big Shot 大人物 [15]
2019-yil Desire Game 欲念游戏 [16]
2021-yil Moses on the Plains 平原上的摩西 [17]

Manbalar

tahrir
  1. „Mei Ting takes on new role for children with disabilities“. China Daily (2016-yil 9-dekabr).
  2. „zh:与黄定宇无关 梅婷退学有难言之隐“ (zh). Netease (2014-yil 19-fevral).
  3. „zh:梅婷二胎孩子曝光 怀抱孩子现身状态佳“ (zh). Tencent (2015-yil 31-oktyabr).
  4. „zh:曝梅婷曾住张国荣家 结缘《红色恋人》“ (zh). Sina (2013-yil 21-mart).
  5. „zh:"好女人"变"坏女人"梅婷"别无选择"“ (zh). Sina (2000-yil 7-aprel).
  6. „zh:梅婷走进《花眼》的世界(附图)“ (zh). Sina (2001-yil 22-fevral).
  7. „zh:梅婷耿乐《桃花运》中一见钟情(图)“ (zh). Sina (2008-yil 30-iyul).
  8. „zh:梅婷专访:《透析》有三条线 是个关于肾的故事“ (zh). Sina (2009-yil 10-sentyabr).
  9. „zh:《辛亥革命》曝剧照-梅婷饰林觉民妻陈意映“ (zh). Sina (2011-yil 31-avgust).
  10. „zh:《笔仙》里梅婷仍苦命 拍灵异事件挑战心理“ (zh). Sina (2012-yil 14-may).
  11. „zh:梅婷《激战》演母亲 已经怀孕香港安胎“ (zh). Sina (2013-yil 9-avgust).
  12. „zh:梅婷谈《推拿》:没有女人会看不到爱情“ (zh). Sina (2014-yil 27-noyabr).
  13. „arxiv nusxasi“ (zh). People's Daily (2015-yil 16-yanvar). 2015-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 29-iyun.
  14. „zh:《京城81号2》热映 梅婷挑战前世今生迷幻人生“ (zh). Sina (2017-yil 10-iyul).
  15. „arxiv nusxasi“ (zh). Mtime (2018-yil 16-mart). 2020-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 29-iyun.
  16. „zh:《欲念游戏》郭涛梅婷再度合作 昔日情深惊变危险关系“ (zh). ifeng (2019-yil 22-mart).
  17. „arxiv nusxasi“ (zh). Mtime (2020-yil 9-iyun). 2020-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 29-iyun.