Melanj gazlama — har xil rangga boʻyalgan tolalar (paxta, jun, kim-yoviy va sunʼiy tolalar) aralashmasidan yigiriladigan bir ipli yoki pishitilgan kalava ip (melanj ip) dan toʻqiladigan rangdor gazlama. Keng tarqalgan xillari: triko, sheviot, drap, diagonal, koverkot, movut. Jun tolalaridan toʻqilgan M. g . nomiga "melanj" soʻzi qoʻshiladi, mas, mo-vut-melanj, drap-melanj va h. k. Oddiy rangdor yoki boʻyalgan gazlamalardan M.g . uziga xos rang jilolari ("uyinlari") bilan farqlanadi. Paxta tolalaridan toʻqilgan M. g . ni pardozlashdan oqartirish (ohorlash) jarayoni bajarilmaydi, chunki bunda tolalarning ranglari aynishi mumkin. Unga faqat mexanik ishlov berish (uzun tuklarini qirqish, tarab tuk chiqarish) va maxsus moddalar (kraxmal, yelim, sintetik smola va boshqalar) shimdirish (qattiqlik, gʻijimlanmaslik, kirishmaslik xossalarini berish uchun) mumkin.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil