Meliboyev Xoʻjaqul — 1911-yili tugʻilgan,Urgut tumani Qorabuloq qishlogʻidan, ishidan bosh tortganlikda va banditchilik bilan aloqada boʻlganlikda, kolxozdan oʻchirilgan, hibsga olingan vaqtda aniq mashgʻuloti boʻlmagan. Berdiyev banditlar guruhiga kirganlikda, qamchi bilan qurollanganlikda, kolxozchilarni qurolli talashida ishtirok etganlikda, shaxsan oʻzi jabrlanuvchilarni qamchi bilan urganlikda, hibsga olingan vaqtda oʻgʻirlangan buyumlar tortib olinganlikda ayblangan.OʻzSSR IIXK Samarqand sektori taqdim qilgan ish boʻyicha hukm qilinganlardan hisoblanadi.[1]

Meliboyev Xoʻjaqul
Tavalludi 1911-yil
Samarqand viloyati Urgut tumani Qorabuloq qishlogʻi

Manbalar

tahrir
  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatagʻon qurbonlari — 127 bet. ISBN 978-9943-00-240-1.