Melissa Anne Barbieri (1980-yil 20-fevralda tugʻilgan) — avstraliyalik xalqaro futbol darvozaboni, ayollar A-ligasida Melbourne City jamoasida oʻynaydi. U Avstraliya ayollar milliy terma jamoasi bilan 86 dan ortiq oʻyin oʻtkazdi va toʻrtta FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon kubogi turnirlarida qatnashdi. Barbieri 2015-yilda xalqaro futboldagi faoliyatini yakunlagan[2].

Melissa Barbieri
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Melissa Anne Barbieri[1]
Tavallud sanasi 20-fevral 1980-yil (1980-02-20) (44 yosh)
Tavallud joyi Melbourne, Avstraliya
Boʻyi 168cm
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Melbourne City (player/assistant manager)
Raqami 23
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1996-2008 Victoria Vision
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2008 Richmond SC
2008-2011 Melbourne Victory 28 (0)
2011-2012 Newcastle Jets 9 (0)
2012-2013 Box Hill United 10 (0)
2013-2015 Adelaide United 24 (0)
2015-2016 Melbourne Victory 11 (0)
2016 Taroona
2017- Melbourne City 5 (0)
Milliy terma jamoa
2002-2015 Avstraliya 86 (0)
Boshqargan klublari
2016- Heidelberg United (Ayollar)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2017-yil 19-noyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2015-yil 18-iyun uchun)

Barbieri 2008-09 va 2013-14-yilgi mavsumlarida W-Ligada yilning eng yaxshi darvozaboni deb topilgan.

Yoshlik yillari tahrir

Barbieri Viktoriya sport instituti stipendiyasi sohibi boʻlgan[3].

Futbolchilik faoliyati tahrir

Oʻzining dastlabki faoliyatida Barbieri 20 yoshga toʻlgunga qadar yarim himoyachi boʻlgan, oʻshanda oyoqdagi jarohati uni mashgʻulotlariga halal bergan[4][5]. 2002-yil sentyabr oyida u Avstraliya terma jamoasida Kanadaga qarshi oʻyinda debyut qilgan.

2007-yilgi jahon chempionatigacha Barbieri Avstraliya terma jamoasi safida 54 ta oʻyin oʻtkazgan. U Richmond SC uchun oʻynadi va Avstraliya yarim professional erkaklar ligasida oʻynagan birinchi ayol boʻldi. Erkaklar ligasida tajriba orttirgandan soʻng, Barbieri 2002-yil sentyabr oyida Kanadaga qarshi 1:0 hisobida gʻalaba qozongan " Matildalar " safida debyut qilgan.

2008-yilda unga AQShning Boston Renegades futbol jamoasi murojaat qildi[6]. Biroq, Boston rahbariyati Barbierining Avstraliya terma jamoasidagi ishtiroki tufayli mavsumning qolgan qismida buni davom ettirmadi[7].

U Westfield W-liganing ilk mavsumi uchun Melburn Victory bilan shartnoma imzoladi. Barbieri oʻsha mavsumda yilning eng yaxshi darvozaboni sovrinini qoʻlga kiritgan.

2010-yilning 19-fevralida Barbieri 2009-yilda Cheryl Salisbury nafaqaga chiqqanidan keyin Matildalar sardori etib tayinlangan[8]

Murabbiylik faoliyati tahrir

Barbieri 2016-yil oktyabr oyida Heidelberg Unitedning ayollar jamoasiga murabbiy etib tayinlangan[9].

2018-yil iyul oyida Barbieri Melburn City W-League jamoasiga yordamchi murabbiy etib tayinlangan[10].

Shaxsiy hayot tahrir

Barbieri 2013-yilda oʻzining birinchi farzandi, qiz farzandini dunyoga keltirdi[2].

Yutuqlar tahrir

=== Mamlakat ===; Avstraliya

  • OFC Ayollar Millatlar Kubogi : 2003-yil
  • OFK ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi : 2010-yil
  • AFF ayollar chempionati : 2008-yil

Shaxsiy yutuq tahrir

  • W-Ligada yilning eng yaxshi darvozaboni: 2008-09, 2013-14

Manbalar tahrir

  1. „List of Players - Australia“. Fédération Internationale de Football Association (2015-yil 6-iyul). 2016-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-noyabr.
  2. 2,0 2,1 „Melissa Barbieri retirement: Matildas veteran goalkeeper retires from international football“. Fox Sports (24-sentyabr 2015-yil). Qaraldi: 3-noyabr 2020-yil.
  3. „Barbieri set to break the code“. AAP/Sydney Morning Herald (3-mart 2007-yil). Qaraldi: 21-aprel 2008-yil.
  4. „1v1 with Melissa Barbieri“ (27-sentyabr 2015-yil).
  5. „Barbieri calls time on Westfield Matildas career“ (24-sentyabr 2015-yil).
  6. Ritson (1–aprel 2008–yil). „Boston Mad For Barbs“. 2011-10-01da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2022-07-13. {{cite magazine}}: Cite magazine requires |magazine= (yordam)CS1 maint: date format ()
  7. Cheng, Peng. „Interview With Melissa Barbieri“ (18-aprel 2008-yil). 22-aprel 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-aprel 2008-yil.
  8. „Westfield Matildas to face DPR Korea in Brisbane“. Football Federation Australia (20-fevral 2010-yil).
  9. Turner, David. „Former Matildas skipper and goalkeeping star named Heidelberg United's new Women's National Premier League coach“. Herald Sun (23-oktabr 2016-yil). Qaraldi: 26-oktabr 2016-yil.
  10. Lynch. „Victory sign King Kenny, City bring in Rado Vidosic and Kalac“. The Sydney Morning Herald. Fairfax Media (18-iyun 2018-yil). Qaraldi: 25-may 2019-yil.