Melngaylis Emilis
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Melngaylis Emilis [1874.3(15).2, hozirgi Riga tumani — 1954.20.12, Riga] — latish kompozitori, dirijyor va fol-klorshunos. Zamonaviy milliy musiqa yirik namoyandasi. Latviya xalq artisti (1945). Peterburg konservatoriyani tugatgan (1901). 1901—06 yillarda musiqa jurnalisti, 1906—18 yillar Toshkentda yashab, chet tillardan dare bergan. Rigadagi Qoʻshiq bayrami (1911 — 13), Latviya Qoʻshiq bayramlari (1926—38)ning tashkilotchisi va bosh dirijyori, Latviya kompozitorlar uyushmasi asoschilaridan (1923) va boshqaruvi raisi (1944—48), Latviya konservatoriyasi professor (1944-yildan). Latish xalq qoʻshiqlarini yigʻib, ulardan 4500 tasini nashr etgan ("Latish musiqiy folklori materiallari", 1—3 j., 1951—53), koʻplarini zamonaviy polifoniya vositalaridan foydalanib, xor uchun oʻziga xos uslubda qayta ishlagan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |