Membranofonlar (lot. membrana — yupqa pust, parda va fon) — musiqa cholgʻulari turi; tovush manbai sifatida doirasimon asosga qoplangan hayvon (buzoq, echki va boshqalar) terisi yoki (baliq) pufagi, shuningdek, sunʼiy (sintetik) pust ishlatiladi. Anik, balandlikka ega boʻlmagan tovushlar, asosan, pardani koʻl, barmoklar yoki maxsus tayoqchalar bilan urish natijasida yoki uni ishqalanish jarayonida chiqadi. Shuning uchun M.ni baʼzida urma musiqa cholgʻulari ham deyishadi. M.da koʻproq turli usullar, darak beruvchi ritmik iboralar chalinadi. M. turli shakl va koʻrinishlarga ega boʻlib (oddiylardan — buben, baraban, murakkab tuzilishdagi cholgʻulardan — litavra va boshqalar), ayniqsa, Sharq madaniyatida keng rivoj topdi (doyra, dovul, nogʻora, tabla, chindovul va boshqalar).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil