Memento mori
Memento mori (lotincha: oʻlimni esla; shiori: „bir kun oʻlasan, shuning uchun hozir yasha“) — oʻlim muqarrarligini eslatuvchi badiiy yoki ramziy ibora. Ibora dastlab klassik antik davr faylasuflari va nasroniylik qarashlarining shakllanishi davomida kelib chiqqan boʻlib, oʻrta asrlardan boshlab dafn marosimlari, sanʼati hamda meʼmorchiligida oʻzini namoyon eta boshlagan.
Grammatika
tahrirMemento — memini feʼlining 2-shaxs birlikdagi kelajak zamon buyrugʻi boʻlib, „eslab qol, yodda tut“ degan ogohlantirish maʼnolarini anglatadi[1]. Mori — morior inkor feʼlining infinitivi boʻlib, „oʻlish, oʻlmoq“ degan maʼnolarni anglatadi.
Shunday qilib, bu ibora soʻzma-soʻz „oʻlishingni yodda tut“ deb tarjima qilinadi, lekin „oʻlimni esla“ yoki „oʻlishingni esla“ deb erkin tarjima qilinishi mumkin.
Tarixi
tahrirQadimgi Rimda bu ibora gʻalaba bilan qaytgan Rim generallarining zafarli yurishi paytida talaffuz qilingan. Harbiy boshliqning orqasiga qul qoʻyiladi, u vaqti-vaqti bilan gʻolibga shon-sharafiga qaramay, bir kun kelib oʻlishini eslatib turishi yoki uni „orqasiga qarashga“ undashi kerak edi. Oʻsha paytda haqiqiy ibora shunday boʻlgan boʻlishi mumkin: Respice post te! Hominem te memento! („Ortga qara! Oʻzingni inson ekaningni unutma!“) (Tertullianning Apologetikasining 33-bobi).
„Memento mori“ Fransiyadagi Avliyo Pavel (1620—1633) ordeni rohiblari, „Oʻlim aka-ukalari“ deb ham ataladigan fransuz paulinlari oʻrtasidagi uchrashganda aytiladigan salomlashish shakli edi[2].
We are continually dying, Petrarch famously wrote in one of hisletters: he, the poet, was dying while writing, the reader while readinghim, and others while they heard those words or failed to hear them. It isremarkable that for a man to whom death was so present and for whom the present was an unhappy, gloomy, and obscurantist longue durée of Lethean stupor, the future could reserve only light and radiance.
„Biz har vaqt oʻlib kelganmiz“, – deb yozgan Petrarka oʻz maktublaridan birida: „Shoir yozayotganda, oʻquvchi oʻqiyotganda va boshqalar bu soʻzlarni eshitgan yoki eshitmagan holda oʻladi“[3].
Sanʼatda
tahrir„Memento mori“ mavzusi meʼmorchilikda keng tarqalgan. Sedletsedagi (Chexiya) ibodatxonalarning tosh xonalari, Rimdagi Santa Mariya della Concezione cherkovi va boshqa koʻplab binolar ushbu mavzuda bezatilgan. XIV—XVII asrlarda Qora oʻlim epidemiyasidan to Jasurlik davrigacha oʻlim ramzi bilan bogʻliq dekorativ-amaliy sanʼat va zargarlik buyumlari mashhur boʻlgan. Bosh suyagi, skeletlar, tobutlar va boshqa shu kabi atributlar shaklida yasalgan zargarlik buyumlari hamda aksessuarlar inson hayotining zaifligi va oʻlimning muqarrarligini eslatib turardi. Keyinchalik, XVIII—XIX asrlarda ushbu toifadagi mahsulotlardan marhum qarindoshi yoki yaqinlari uchun motam belgisi sifatida taqiladigan motam taqinchoqlari yasash faoliyati paydo boʻldi.
Tarix fanlari doktori Dmitriy Antonov va tarix fanlari nomzodi Mixail Mayzuls „Demoni i greshniki v drevnerusskoy ikonografii: semiotika obraz“ kitobida „Memento mori“ning yangi asr rus ikonografiya yoʻnalishidagi „Ruhiy labirint“ ikonasining semantik tasviriga taʼsiri boʻlganligini taʼkidladilar[4].
-
Dorfmarkdagi Avliyo Martin cherkovining relyefi, XVIII asr
-
Boshi ostida bosh suyagi bilan uxlab yotgan putti, suyak oʻymakorligi, XVII asr
-
Bosh suyagi tasviri tushirilgan oltin uzuk
-
Bir tomonida erkak yuzi, ikkinchi tomonida bosh suyagi tasvirlangan fil suyagi o‘ymakorligi
-
Ichida skeleti bor tobut shaklidagi tilla kulon
Amerikada
tahrirAQSh tasviriy sanʼatida puritanlar taʼsiri tufayli „Memento mori“ning juda koʻp ramziy tasvirlari mavjud. XVII asrda Shimoliy Amerikadagi puritanlar jamoasi sanʼatga past nazar bilan qaragan, chunki ular iymonlilarni Xudoga ibodat qilishdan chalgʻitadi va faqat shaytonga olib borishi mumkin deb ishonishgan. Biroq, portretlar tarixiy yozuvlar hisoblangan va shuning uchun ulardagi ramzlarga ruxsat berilgan. XVII asrda yashagan puritan Thomas Smith koʻplab dengiz janglarida qatnashgan va rasm chizish bilan shugʻullangan. Uning avtoportretida Thomasni „Memento mori“ning odatiy ramzi – yaqinlashib kelayotgan oʻlimni anglatuvchi bosh suyagi yonida tasvirlanganini koʻrish mumkin.
Meksikada oʻlganlar kuni
tahrir„Memento mori“ ramzi koʻpincha Meksikada oʻlganlar kuni festivalida, jumladan, bosh suyagi shaklidagi konfet va suyak shaklidagi non bilan bogʻliq holda foydalaniladi.
Bu mavzu, shuningdek, meksikalik oʻymakor Xose Guadalupe Posadaning koʻplab asarlarida ham oʻz aksini topgan boʻlib, uning rasmlarida turli qatlamlardagi odamlar skelet koʻrinishida tasvirlangan.
„Memento mori“ning yana bir koʻrinishini Meksikaga tegishli „Calavera“ asarida topish mumkin. Bu she’riy shakldagi adabiy asar odatda hali hayot bo‘lgan insonga bag‘ishlanadi, lekin go‘yo u odam vafot etgandek yoziladi. Bunday asarlar hazil-mutoyiba ohangiga ega bo‘lib, uni ko‘pincha O‘liklar kunida do‘stlar bir-birlariga taqdim etishadi[5].
Kinoda
tahrirKavkaz asirasi
tahrirBu ibora „Kavkaz asirasi“ filmi tufayli qoʻllanila boshlandi; Nikulin-Vitsinning suhbatidan: „Memento mori. Bir zumda — dengizda“[6].
Boshqa din va madaniyatlarda ham shunga oʻxshash tushunchalar
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Nedostatochnimi (verba defectiva) v latinskoy grammatike nazivayut glagoli, kotorie imeyut ne vse glagolnie formi. V dannom sluchae otsutstvuet prezens (nastoyaщee vremya), a est tolko formi perfekta (memini, meministe, meminit i t. d.), kotorie perevodyatsya glagolami prezensa (umirayu, umiraesh, umirat i t. d.).
- ↑ McGahan 1912.
- ↑ „(PDF) In the Footsteps of Petrarch | Valeria Finucci – Academia.edu“. 2023-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-may.
- ↑ Антонов Д. И., Майзульс М. Р.. . ISBN 978-5-9167-4149-0.
- ↑ Stanley Brandes. "Skulls to the Living, Bread to the Dead: The Day of the Dead in Mexico and Beyond". Chapter 5: The Poetics of Death. John Wiley & Sons, 2009. .
- ↑ „Кавказская пленница - Memento mori. Моментально — в море.“. 2022-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-fevral.
Adabiyotlar
tahrir- „Memento mori“, Словарь латинских крылатых слов: 2500 единиц, 119000 экз, М.: Русский язык, 1982.
- „Memento mori“, Энциклопедический словарь крылатых слов и выражений. М.: Локид-Пресс, 2003.
- F. McGahan „Paulists“, . The Catholic Encyclopedia, 1912.
- Душенко К. В. „Помни о смерти“, . История знаменитых цитат. М.: Азбука-Аттикус, 2018 — 364—365-bet. ISBN 978-5-389-14954-0.
Havolalar
tahrir- Memento mori // Ensiklopedicheskiy slovar Brokgauza i Yefrona: 86 jild. (82 jild. va 4 qoʻsh.). – Sankt-Peterburg, 1890—1907-yil.