Menam pastgekisligi - Hindiston yarim oroldagi payettekislik, Menam-Chao-Praya daryosi havzasida, Tailand hududi. Jan. Xitoy dengizining Siyom qoʻltigʻiga tutash. Uzunligi 500 km, eni 200 km gacha. Maydoni 100 ming km². Relyefi shim.da sertepa, jan.da yassi tekislikdan iborat. Tektonik botiqda joylashgan boʻlib, yer yuzasi allyuviy yotqiziqlar bilan qoplangan. Dare va sugʻorish kanallari, botqoklik koʻp. Iqlimi subekvatorial, mussonli ikdim. Yillik yogʻin 1000–1300 mm. Tabiiy oʻsimliklari mussonli barg toʻkuvchi oʻrmonlar va butazorlardan iborat. Dare deltasida mangra oʻrmonlari, palma plantatsiyalari bor. Passtekislikning katta kismiga sholi ekiladi. Menam pastgekisligi Tailandning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan va aholi zich hududi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil