Menandr (Menandros; miloddan avvalgi 343— 291) — yunon dramaturgi. Ellinizm davri adabiyotining yirik vakili. M. Afina hayotining ijtimoiy va siyosiy masalalaridan koʻra insonning shaxsiy turmushi manzaralarini kengroq yoritishga intilgan. 100 dan ortiq komediyasidan bizgacha saqlangan "Hakim sudi", "Qirqilgan soch", "Samoslik ayol" va boshqa asarlarida qahramonlarning ichki dunyosi, dardu alamlari, sevinch va shodliklari tasvirlangan. M. davrning ilgʻor falsafiy qarashlari mavqeida turib, umuminsoniy masalalarga oid ijobiy fikrlarni bayon etgan, jafokash qullarning aql-idrok va tadbirkorlikda oʻz xoʻjayinlaridan yuksakligini koʻrsatgan. M. ijodi keyingi davrlar dramaturgiyasi rivojiga katta taʼsir qilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil