Mening qo‘shnim Totoro
Mening qoʻshnim Totoro (yaponcha: となりのトトロ — Tonari no Totoro) — Hayao Miyazaki tomonidan yozilgan va rejjisyorlik qilingan, Tokuma Shoten uchun Studio Ghibli tomonidan animatsiyalashtirilgan yapon animatsion fentezi filmi.
Mening qoʻshnim Totoro | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Hayao Miyazaki |
Prodyuser(lar) | Toru Hara |
Ssenariynavis(lar) | Hayao Miyazaki |
Rollarda |
|
Bastakor(lar) | Joe Hisaishi |
Studiya(lar) | Studio Ghibli |
Distribyutor | Toho |
Chiqarilgan sanasi | 1988 |
Davomiyligi | 86 daqiqa |
Mamlakat | Yaponiya |
Til | yaponcha |
Daromadi | 41 million AQSh dollari |
Film bir professorning ikki qizalogʻi — Satsuki hamda Meining urush davridan soʻnggi Yaponiyada oʻrmon ruhlari bilan doʻstona munosabatlari toʻgʻrisida hikoya qiladi.
Qahramonlarga dublyaj aktyorlari Noriko Hidaka, Chika Sakamoto va Hitoshi Takagilar ovoz bergan.
Animizm, Sintoizm simvologiyasi, tabiatsevarlik va qishloq hayotidan lazzatlanish mavzulari koʻtarib chiqilgan Mening qoʻshnim Totoro multfilmi ekranlarga chiqqanidan boshlab ayni vaqtga qadar ijobiy tanqidiy baholar va butun dunyo boʻylab mashhurlik qozondi. Multfilm 2019-yil sentabrigacha jami 41 million AQSh dollari toʻpladi.
Film taqdim etilganidan buyon disk va video shaklidagi tashuvchilar savdosidan umumiy 277 million AQSh dollari hajmida, merchandayzingdan esa jami 1,46 milliard AQSh dollari hajmida daromad olingan.
Mening qoʻshnim Totoro koʻplab mukofotlarga ham sazovor boʻlgan. Ular orasida Animage Grand Prix, Mainichi Film Award va 1988-yilning Eng yaxshi filmi nominatsiyasida Kinema Junpo Award mukofotlari bor. Shu yili multfilm Blue Ribbon Awards doirasida maxsus mukofotga ham munosib koʻriladi. Multfilm, shuningdek, koʻplab nomdor nashrlar tomonidan tuzilgan reyting roʻyxatlaridan muntazam joy olib keladi.
Totoro timsoli Studio Ghibli ramzi sanaladi.
Ssenariy
tahrir1950-yillar Yaponiyasida professor Tatsuo Kusakabe va uning ikki qizi — Satsuki va Mei (taxminan 10 va 4 yoshlardagi qizaloqlar) onasi — Yasuko davolanayotgan shifoxona yaqinidagi eski uyga koʻchib oʻtadilar. Uyni susuwatari deb nomlangan kichik, qora, changga oʻxshash beozor ruhlar ham makon qilgandi. Qizaloqlar uyni tozalashgach, susuwatari uyni tark etib, boshqa eski uy qidirib ketishadi.
Kunlardan bir kun Mei katta kamfor daraxti tomon harakatlanayotgan kichik ruhlarni koʻrib qoladi. U bahaybatroq oʻrmon ruhi bilan doʻstlashib oladi. Bu ruhning baqiriqlarini va ruhning oʻzini Mei „Totoro“ deb nomlab oladi. Mei Totorini tasvirli kitobchadagi Troll deb oʻylaydi. U Totoroning ustida uxlab qoladi, lekin uning opasi Satsuki qizaloqni yer ustidan topadi. Meining katta daraxtni oila aʼzolariga topib, koʻrsatishi urinishlari besamar ketadi. Tatsuo qizi Totoroni chaqirishi bilan u kelishini aytib ovuntiradi.
Yomgʻirli tunlarning birida qizaloqlar otasi Tatsuoning kechikayotgan avtobusini kutib qoladilar. Mei Satsukining yelkasiga osilgancha uxlab qoladi. Totoro ularning yonida paydo boʻladi va Satsuki uni birinchi marta koʻrib qoladi. Totoro yomgʻirdan oʻzini pana qilish uchun bir bargni tutib olganini koʻrgach, Satsuki unga otasi uchun olgan soyabonini berib turadi. Bundan xursand boʻlgan Totoro unga yongʻoqlar va daraxt urugʻlarini beradi. Biroz vaqt oʻtgach, Tatsuoning avtobusi yaqinlashadi.
Daraxt urugʻlarini ekishganidan soʻng oradan bir necha kun oʻtgach, qizaloqlar yarim tunda Totoro va uning hamkasblari daraxtlar ekilgan joyda marosim raqsiga tushayotganlarining guvohi boʻlishadi. Mei va Satsuki ularning davrasiga qoʻshiladi va urugʻlar bahaybat daraxtga aylanib oʻsa boshlaydi.
Onasi Yasukoning muolajalari choʻzilib ketishini bilgan Mei opasi Satsuki bilan xafalashib qoladi va yoʻqolib qoladi. Satsuki Totoroni yordamga chaqiradi. Oʻrmon ruhlari Mushukbusni chorlab, Meini topadilar. Opa-singillar shifoxona derazasi tokchasida onasi uchun qaynatilgan joʻxori yemagini qoldirib ketishadi.
Multfilm soʻngida Yatsuko oilasi bagʻriga qaytadi. Boshqa bolakaylar bilan quvnab oʻynayotgan qizaloqlarni Totoro va uning doʻstlari uzoqdan kuzatib turadilar.
Totoro mavjudoti toʻgʻrisida
tahrirTotoro (yaponcha: トトロ) — oʻrmon himoyachisi boʻlib, u kulrang rangdagi bahaybat, momiq jonzot shaklida gavdalanadi. Totoro toʻgʻridan-toʻgʻri yapon xalq folkloridan olinmagan boʻlib, uni toʻliq Hayao Miyazakining oʻzi oʻylab topgan. Miyazakining taʼkidlashicha, bu jonzot yumshoq momiq bilan qoplangan va katta ukki (tunda faollashuvi, chiqaradigan ovozlari oʻxshashligi), boʻrsiq va ayiq (oʻlchami, tana tuzilishi oʻxshashligi) qoʻshilmasidir[1].
Rollarda
tahrirQahramon ismi | Yapon dublyaj aktyori |
---|---|
Satsuki Kusakabe (yaponcha: 草壁 サツキ ) (10 yoshli qizaloq) | Noriko Hidaka |
Mei Kusakabe (yaponcha: 草壁 メイ ) (4 yoshliq qizaloq) | Chika Sakamoto |
Tatsuo Kusakabe (yaponcha: 草壁 タツオ ) (ota) | Shigesato Itoi |
Yasuko Kusakabe (yaponcha: 草壁 靖子 ) (ona) | Sumi Shimamoto |
Totoro (yaponcha: トトロ ) | Hitoshi Takagi |
Kanta Ōgaki (yaponcha: 大垣 勘太 ) (qishloqlik bolakay) | Toshiyuki Amagasa |
Buvi (yaponcha: 祖母 ) | Tanie Kitabayashi |
Mushukbus (yaponcha: ネコバス 'Nekobasu' ) | Naoki Tatsuta |
Michiko (yaponcha: ミチ子 ) | Chie Kōjiro |
Ogaki xonim (Kantaning onasi) | Hiroko Maruyama |
Janob Ogaki (Kantaning otasi) | Masashi Hirose |
Keksa fermer | N/A |
Miss Hara (Satsukining ustozi) | Machiko Washio |
Kantaning xolasi | Reiko Suzuki |
Otoko | Daiki Nakamura |
Ryōko | Yūko Mizutani |
Konduktor | N/A |
Pochtachi | Tomomichi Nishimura |
Harakatdagi odam | Shigeru Chiba |
Musiqasi
tahrirMultfilm uchun musiqani bastakor Joe Hisaishi yozgan. Miyazaki bilan „Navsikaya — shamollar vodiysi“ va „Osmondagi qasr“ loyihalarida birga ishlagan Hisaishi Terry Riley, Philip Glass, Steve Reich, Stockhausen va John Gage ijodidan ilhomlangan. Multfilm uchun orkestr yordamida musiqa yozib olingan.
Bosh mavzuviy qoʻshiq - Tonari no Totoro saundtreki Tokuma Shoten kompaniyasi tomonidan 1988-yil 1-mayda ilk bor omma eʼtiboriga havola qilinadi[2].
Manbalar
tahrir- ↑ https://www.keiwa-c.ac.jp/wp-content/uploads/2012/12/nenpo09-1.pdf
- ↑ Watsuki, Nobuhiro (2005). The Art of My Neighbor Totoro: A Film by Hayao Miyazaki. VIZ Media LLC. ISBN 978-1591166986.