Mergelchoʻkindi togʻ jinsi, ohaktosh va dolomitlardan gilli jinslarga oʻtishdagi oraliq holatda. Tarkibida 50 dan 80% gacha SaSO3 va MgCO3, 20 dan 50% gacha gilli material boʻladi. Gilli, ohaktoshli, boʻrsimon va dolomitli qoʻshimchalariga qarab kremnezyomli, glaukonitli, qumli, slyudali, bituminozli, koʻmirli va hokazo Mergellar farq qilinadi. Rangi har xil, koʻpincha, oqish. Tabiatda keng tarqalgan, proterozoydan boshlab barcha sistemalarda uchraydi. Karbonatli va gilli qatlamlarda koʻproqboʻladi. Baʼzi sement turlarini ishlab chiqarishda xom ashyo; qurilish materiali sifatida ham ishlatiladi. Ochiq usulda qazib olinadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil