MERIME (Merimee) Prosper (1803.28.9, Parij — 1870.23.9, Kann) — fransuz yozuvchisi. Novella janrining mohir ustasi. M.ning Ispaniya mavzularida yozilgan "Klara Gasul te-atri" (1825) pyesalar toʻplami romantik ruh bilan yoʻgʻrilgan. "Jakeriya" (1828) dramasi va "Karl IX saltanati yilnomasi" (1829) romani tarixiy mavzularga bagʻishlangan. "Mozaika" (1833) toʻplami hamda "Karmen" (1845) novellasida xalq qahramonlarining obrazlari yaratilgan. Shuningdek, uning turli xalqdar vakillari obrazlari tasvirlangan "Mahshargoh ruhlari" qissasi, "Mateo Falkone", "Kolomba", "Tamango", "Lokis" kabi novellalari ham mashhur. "Karl IX saltanati yilnomasi" asari oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1986).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil