Merkuriy (kosmik kema)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
"MERKURIY" - AQSH ning Yerga yaqin orbita boʻylab uchish uchun moʻljallangan bir oʻrinli kosmik kemalari nomi va ularni ishlab chiqish hamda uchirish dasturi. "M."ning asosiy vazifasi: kosmonavt boshqaradigan sunʼiy yoʻldoshni geotsentrik orbitaga chiqarish va uning Yerga muvaffaqiyatli qaytishini taʼminlash, shuningdek, insonning kosmik fazoda ishlash im-konini tekshirish. Uchishdagi maksimal massasi 1,36 t; kabinasining hajmi 1,5 m3. Bortida kosmonavt boʻlgan birinchi "M." kemayoʻldosh orbitaga chiqarilgunga qadar eksperimental namunalari uchirilgan. 1962—63 yillarda bortida kosmonavtlari boʻlgan 4 ta "M." "Frendship—7" (J. Glenn), "Avrora" (S. Karpenter), "Sigma-7" (U. Shirra), "Feyt-7" (G. Kuper) uchgan. 1963-yildan keyin "M." uchirish toʻxtatilgan.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |