Merovinglar (lotincha Merovinqi) -Frank davlatiyaagch 1qirollik sulolasi (751 yil tugagan). Afsonaviy asoschisi — Merovey (sulola nomi shundan). M. xukmronligi davrida franklarda feodal munosabatlari vujudga kelgan. M.ning asosiy vakillari: Xilderik I (457—481), sulolaning amaldagi, haqiqiy asoschisi; Xlodvig I (481-511), Xilperik I (561-584, markazi Suasson boʻlgan franklar yerining bir qismida hukm surgan); Sigebert I (561—575, Avstraziyada); Xlotar II (584—629, Neystriyada —613 yilgacha); Dagobert I (629—639); Xilderik III (743—751; Pipin Lakana tomonidan taxti egallangan). Dagobert I vorislarini "dangasa qirollar" deyishgan, hokimiyat amalda mayordomlar qoʻlida boʻlgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil