Merton Miller
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
MILLER (Miller) Merton (1923.16.5, Boston) — amerikalik iqtisodchi. Jon Gopkins untida iqtisodiyot doktori ilmiy darajasini olgan (1952). Chikago universiteti qoshidagi Oliy biznes maktabi professor (1961), Ekonometrika jamiyati aʼzosi, Amerika moliya assotsiatsiyasi prezidenta (1976). M.ning asosiy ilmiy faoliyati xususiy korporatsiyalarning moliya muammolarini, 1980*-yillarning boshlaridan moliyaviy harajatlar, qimmatli qogʻozlarni iqtisodiy va maʼmuriy tartibga solish muammolarini tadqiq etishga bagʻishlangan. "Dividend siyosati, iqtisodiy oʻsish va aksiyalar qiymatini baholash" (1961) asarida muvozanat sharoitlarida dividend siyosati firma qiymatiga taʼsir koʻrsatmasligini isbotladi. Nobel mukofoti laureati (1990; G. Markovits va U. Sharp bilan birgalikda)[1].
Manbalar
tahrir