Meryl Davis (talaffuzi: Meril Devis; 1987-yil 1-yanvarda tugʻilgan)[1] — muz ustida raqs boʻyicha musobaqalarda ishtirok etgan amarelikalik sobiq muz raqqosasi. Sherigi Charlie White bilan birga 2014-yilgi Olimpiya chempioni, 2010-yilgi Olimpiada kumush medali sovrindori, ikki karra (2011, 2013) Jahon chempioni, besh karra Gran-pri finali chempioni (2009-2013), uch karra Toʻrt qitʼa chempioni (2009, 2011, 2013) va olti karra AQShning milliy chempioni (2009-2014) boʻlgan. Juftlik 2014-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlarida ham umumjamoa hisobida bronza medalini qoʻlga kiritgan.

Meryl Davis

Davis va White 2013-yilgi Jahon chempionatida
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat AQSH bayrogʻi AQSh
Tavalludi 1-yanvar 1987-yil (1987-01-01) (37 yosh)
Royal Oak, Michigan
Sherigi Charlie White
Murabbiyi Marina Zoueva
Oleg Epstein
Johnny Johns
Oldingi murabbiylari Igor Shpilband
Seth Chafetz
Oldingi xoreograflari Igor Shpilband
Jamoasi Arctic Skating Club
Uchishni boshlagan 1992-yil
Yakunlagan 23-fevral, 2017-yil
Shaxsiy rekordlari
Raqs (umumiy natija) 195.52
Qisqa raqs 78.89
Erkin raqs 116.63

Davis va White 1997-yilda juftlik hosil qilgan va ular Amerika Qoʻshma Shtatlardagi eng uzoq davom etgan raqs juftligidir. Juftlik jahon chempionligini qoʻlga kiritgan birinchi amerikalik muz raqqoslari, shuningdek, Olimpiya chempionligini qoʻlga kiritgan birinchi amerikaliklardir. 2006 NHK Trophy musobaqasida barcha elementlari boʻyicha toʻrtlik darajani qoʻlga kiritgan birinchi muz raqs juftligi boʻlgan.

Shaxsiy hayoti tahrir

Meryl Davis Michigan shtatining Royal Oak shahrida tugʻilgan va Michigan shtatining West Bloomfield Township shahrida oʻsgan. Uning Clayton ismli bitta ukasi bor. Meryl ingliz, irland, shotland va nemis millatiga mansub. Uning buvisi Saskachevanning Regina shahrida tugʻilgan. Davisning oʻng koʻzi koʻrishga qiynaladi. Uchinchi sinfda unga disleksiya tashxisi qoʻyilgan.

Faoliyati tahrir

Ilk faoliyati tahrir

Davis 1997-yilda murabbiyi Set Chafetz taklifiga binoan Charlie White bilan juftlik hosil qilgan.

Davis / White juftligi oʻzlarining birinchimavsumida oʻsmirlar oʻrtasidagi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etib, kumush medalni qoʻlga kiritgan. 1999 — 2000-yilgi mavsumda juftlik oʻsmirlar oʻrtasidagi Olimpiya oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan[2]. 2000 — 2001-yilgi mavsumda ular 2001-yilgi AQSh chempionatida yangi konkida uchuvchilar qatorida 6-oʻrinni egallagan. 2001 — 2002-yillarda juftlik huddi shu toifada kumush medalni qoʻlga kiritgan, soʻng oʻsmirlar darajasiga koʻtarilgan. 2002 −2003-yilgi mavsumda juftlik ikki marta oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasida qatnashib ikkalasida ham medal yuta olmagan va 2003-yilgi AQSh chempionatida 7-oʻrinni egallagan.

Oʻsmirlar darajasi tahrir

2003 — 2004-yilgi mavsumda Davis / White juftligi oʻzining hudud chempionligini qoʻlga kiritgan va oʻsmirlar oʻrtasidagi Milliy chempionatda kumush medal sohibiga aylanishgan. Bu natija ularga 2004-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga yoʻllanmani taqdim etgan va u yerda juftlik 13-oʻrindan joy olgan.

2004 — 2005-yilgi mavsumda Davis / White juftligi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasida ikkita bronza medalini qoʻlga kiritgan. Biroq, White toʻpigʻini sindirib olgani tufayli juftlik 2005-yilgi AQSh chempionatida qatnasha olmagan. Ularning mavsumi shu yerda tugagan.

Davis / White juftligi 2005 — 2006-yilgi mavsumda Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqalarida ishtirok etib, medallar qoʻlga kiritgan va Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalida ikkinchi oʻrinni egallagan. Juftlik 2006-yilgi AQSh chempionatida oʻsmirlar oʻrtasidagi milliy chempionlikni qoʻlga kiritgan, keyin esa 2006-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida bronza medali sohibiga aylanishgan. Oʻsha mavsumdan soʻng Davis „Oʻsmirlar“ safidan chiqib ketgan.

Dasturlari tahrir

(2018 — 2019)

Mavsum Dasturlari
2018 — 2019

2017-2018




  • „Orpheus and Eurydice“ — Immortal Love


Natijalari tahrir

(White bilan 2006 — 2014)

Natijalari
Xalqaro
Event 2006 — 07 2007 — 08 2008 — 09 2009 — 10 2010 — 11 2011 — 12 2012 — 13 2013 — 14
Olimpia 2 1
Jahon chempionati 7 6 4 2 1 2 1
Toʻrt Qitʼa chempionati 4 2 1 1 2 1
GP Final 3 1 1 1 1 1
Milliy
AQSh chempionati 3 2 1 1 1 1 1 1
Jamoaviy musobaqalar
Olimpiya 3 T
1 P
Jahon chempionati 2 T
1 P
GP = Grand Pri
T = jamoaviy natija; P = shaxsiy natija;

Manbalar tahrir

  1. „UPI Almanac for Tuesday, Jan. 1, 2019“. United Press International (2019-yil 1-yanvar). — „Olympic gold medal ice dancer Meryl Davis in 1987 (age 32).“. 2019-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-sentyabr.
  2. „Intermediate Dance“.