Sia Kate Isobelle Furler (talaffuzi: Sia Keyt Izobel Fyorler; 1975-yil 18-dekabrda tugʻilgan) — avstraliyalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis. Oʻz faoliyatini 1990-yillarning oʻrtalarida Adelaidadagi Crisp guruhida qoʻshiqchi sifatida boshlagan.1997-yilda Crisp guruhi tarqalib ketgan vaqtda, u Avstraliyada o'zining ''OnlySee'' nomli birinchi studiyaviy albomini chiqardi.U Londonga koʻchib oʻtdi va Zero 7 nomli britaniyalik duet uchun kuyladi.Sia 2001-yilda "Healing Is Difficult " nomli ikkinchi studiyaviy albomini va 2004-yilda uchinchi „Colour the Small One“ nomli albomini chiqardi.

Sia
Tavalludi
Sia Kate Isobelle Furler

18-dekabr 1975-yil (1975-12-18) (48 yosh)
Fuqaroligi Avstraliya
Kasbi
  • qoʻshiqchi
  • qoʻshiqnavis
Turmush oʻrtogʻi Erik Anders Lang
Bolalari 2

Sia 2005-yilda Nyu-York shahriga koʻchib oʻtdi va Amerika Qoʻshma Shtatlari boʻylab sayohat qildi.Uning toʻrtinchi va beshinchi studiyaviy albomlari „Some People Have Problems“ va ''We Are Born'', 2008- va 2010-yillarda ommaga taqdim etilgan.Ularning har biri Avstraliya ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi tomonidan oltin sertifikatiga munosib deb topilgan va oldingi albomlariga nisbatan koʻproq eʼtiborni tortgan.Oʻsib borayotgan shon-shuhratdan biroz noqulay ahvolga tushgan Sia qoʻshiq aytish faoliyatidan oʻziga tanaffus eʼlon qildi va asosiy eʼtiborini boshqa sanʼatkorlar uchun qoʻshiq yozishga qaratdi va „Titanium“ (David Guetta bilan), " Diamonds " (Rihanna bilan) va „Wild Ones“ (Flo Rida bilan) muvaffaqiyatli hamkorliklarini yaratdi.

Hayoti va faoliyati tahrir

Sia Kate Isobelle Furler 1975-yil 18-dekabrda Janubiy Avstraliyaning Adelaida shahrida tugʻilgan.Uning otasi Fil Kolson musiqachi, onasi Loen Furler esa sanʼat boʻyicha oʻqituvchi boʻlgan[1].Sia aktyor va qoʻshiqchi Kevin Kolsonning jiyani[2].Sianing aytishicha, u bolaligida Areta Franklin, Stivi Uonder va Stingning.U Adelaidadagi oʻrta maktabida oʻqidi[1].1990-yillarning oʻrtalarida Sia mahalli Crisp guruhida qoʻshiqchi sifatida faoliyatini boshladi[1].Sia guruh bilan hamkorlik qildi va ularning Word and the Deal (1996) va EP Delirium (1997) albomlariga qoʻshiq qoʻshdi[3].1997-yilda Crisp guruhi tarqalib ketdi[4] va Sia 23-dekabrda Avstraliyadagi Flavored Recordsda oʻzining "OnlySee "nomli birinchi studiyaviy albomini chiqardi[5]. Albom taxminan1200 nusxada sotilgan.Uning keyingi albomlaridan farqli oʻlaroq, ''OnlySee'' oʻzining toʻliq nomi „Sia Furler“ ostida sotildi. U Jessi Flavell tomonidan ishlab chiqarilgan edi.

Mukofotlari va eʼtiroflari tahrir

Sia bir qator ARIA mukofotlari, MTV Video musiqa mukofoti va Grammy mukofotlarini oʻz ichiga oladigan eʼtiroflarga sazovor boʻldi[6][7][8].

2021-yil mart oyida Adelaida shahri markazidagi yoʻlak Sia Furler Lane deb oʻzgartirildi va Sianing 2011-yilda Adelaidadagi chiqishini xotirlash uchun yaqin atrofdagi devorga "U tasavvur qilgan tugmachalar " nomli devoriy rasm chizildi[9][10].

Qoʻshiqlar toʻplamlari tahrir

Gastrol safarlari tahrir

Filmdagi rollari tahrir

Yil Film nomi Rol Izohlar
2004 Piccadilly Jim New Yorkdagi bar qoʻshiqchisi Kameo
2014 Annie Hayvonlar gʻamxoʻri va koʻngilli nazoratchi Kameo
2017 My Little Pony: The Movie Songbird Serenade Dublyaj
2018 Peter Rabbit Janob Tiggy-Winkle Dublyaj
Dominion Hikoyachi Hujjatli filmda
Charming Maslahatchi Dublyaj
2021 Music Chegaralarsiz pop yulduzi[11] Ssenarist, Rejissyor, Prodyuser
Peter Rabbit 2: The Runaway Xonim Tiggy-Winkle Dublyaj

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 Harry, Michael. „Sia Sensation“ (PDF). The Adelaide Advertiser. 24–26-bet. 5–noyabr 2010–yilda asl nusxadan (PDF) arxivlandi.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  2. Craven. „Kevin Colson confesses all of his career in starry firmament“. The Sydney Morning Herald (26-sentabr 2014-yil). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-fevral 2015-yil.
  3. Word and the Deal and Delirium:
  4. Murfett. „Sia Furler: Fame does not become her“. The Sydney Morning Herald (18-iyun 2010-yil). 2015-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-fevral 2015-yil.
  5. „Onlysee / Sia Furler. [sound recording“]. National Library of Australia. 25-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  6. O'Malley Greenburg. „Grammy Nominees 2015: The Full List“. Forbes (5-dekabr 2014-yil). 2014-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-fevral 2015-yil.
  7. „55th annual Grammy Awards nominees“. USA Today (16-yanvar 2013-yil). 14-mart 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-mart 2014-yil.
  8. „GRAMMY Awards Results for Sia“. Grammy.com. 2017-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-yanvar 2018-yil.
  9. Gallagher. „Laneway honouring Sia officially launched in Adelaide“. NME (24-mart 2021-yil). Qaraldi: 5-avgust 2022-yil.
  10. Brandle. „Adelaide launches Sia Furler Lane, first of its music laneways“. The Music Network (23-mart 2021-yil). Qaraldi: 5-avgust 2022-yil.
  11. „Sia Furler's film debut Music stuns with complex portrait of...“. www.theaustralian.com.au. Qaraldi: 2021-yil 17-yanvar.

Havolalar tahrir