Meshekliqalʼa
Meshekliqal’a – Xorazm viloyatida joylashgan. Meshekliqal’ani dastlab 1939-yilda S. P. Tolstov tomonidan oʻrganilgan. Unda moʻgʻullarning 1221-yildagi istilosigacha yodgorlik karvonsaroy vazifasini bajargan va Xorazm arxeologik xaritasiga kiritilgan. Akademik Yahyo Gʻulomov Meshekliqal’ani oʻrta asrlardagi Sandal raboti bilan bir deb aytadi. XX asrning 70-yillarida yodgorlik qoraqalpogʻistonlik arxeolog M.Mambetullayev tomonidan oʻrganiladi va XI-XII asrlarga oid madaniy qatlam toʻpishga muvaffaq boʻladi. Meshkliqal’a kvadrat shaklida qurilgan. Uning oʻlchamlari 60/60 metrni tashkil qiladi. Meshkliqal’aning ayrim qismlarida devorlar saqlanib qolgan. Saqlanib qolgan devorlarning balandligi 4 metrdan 8 metrgacha boradi. Sharqiy devorda darvoza oʻrni boʻlib bu yerdan aholi kirib chiqishda foydalangan. Qal’aning devorlari paxsa, guvala, hom gʻishtdan qurilgan. Meshekliqal’a 2004–2005-yillarda Xorazm Maʼmun akademiyasining arxeologi S. R. Baratov boshchiligida qayta oʻrganildi. Tadqiqot davomida qal’aning janbiy qismidaga bir nechta xoʻjalik xonadonlari aniqlandi. Xonadonlarning poydevorlari pishgan gʻishtdan qurilgan boʻlib, madaniy qatlamlardan topilgan buyumlar koʻzalar va boshqa nrsalar asosan XII-XII asrlarga taluqli ekanligi aniqlangan. C. R. Baratovning takidlashicha koʻplab sopol idishlarning topolishi va xonadonlarning joylashishidagi tartibsizlik, shu bilan birga Meshekliqal’aning janubiy qismidagi mustahkam rabotlarning borligi yodgorlik dastlab dehqonning qoʻrgʻoni va keyinchalik karvonsaroyga aylantirilganligini koʻrsatadi[1]. Qadimgi Xorazm tarixi arxeologik adabiyotlarda ikki davrga ajratilgan. Birinchi davr arxiak davr deb ataladi miloddan avvalgi VII asrning oxiri – miloddan avvalgi IV asrni oʻz ichiga oladi. Bu davrning 2 bosqichi – ilk va soʻnggi bosqichlari aniqlangan. Birinchi bosqich ahamoniylar bosqinigacha boʻlgan davr boʻlib, miloddan avvalgi VII asr oxirlari va VI asrlarni oʻz ichiga oladi. Tadqiqotchilar bu davrni Meshekli, Quyisoy madaniyati, Koʻzaliqir , Xumbuztepa yodgorliklari topilmalari asosida oʻrganishgan. Soʻnggi bosqich ahamoniylar hukmronligi davri boʻlib, u Hazorasp, Qal’aliqir, Jingil’ji yodgorliklari asosida oʻrganganlar[2].
Muqobil nomlar | Chingiztepa |
---|---|
Manzilgoh | Xorazm, Oʻzbekiston |
Turi | Manzilgoh |
Makon qaydlari | |
Qazish sanalari | 1939-yil |
Yangiliklar
tahrirOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2014-yil 5-dekabrdagi 335-sonli "Tarixiy, baadiy yoki oʻzga madaniy qimmatligi tufayli garov va ipoteka qoʻllanishi mumkin boʻlmagan obyektlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaroriga muvofiq Meshekliqal’a yodgorligi garov va ipoteka qoʻllanishi mumkin boʻlmagan obyektlar sirasiga kiritildi[3].
Manbalar
tahrir- ↑ Xorazm va Xorazmliklar. Umid Bekmuhammad. Buxoro. 2023.
- ↑ https://universalpublishings.com/index.php/jusr/article/download/1540/2939/1490
- ↑ „Tarixiy, baadiy yoki oʻzga madaniy qimmatligi tufayli garov va ipoteka qoʻllanishi mumkin boʻlmagan obyektlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-dekabrdagi 335-sonli qarori“. 2023-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-oktabr.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |