Mesrop Mashtots (361-440) - arman olimi, maʼrifatparvar, arman alifbosining asoschisi. Shoh saroyida mirzo boʻlib xizmat qilgan, keyinchalik ruhoniylik yoʻliga oʻtgan. 387 yilgi bitimga asosan Armaniston 2 qismga boʻlinadi. Mamlakatning katta qismi Eronga oʻtadi. Xoz. Armaniston hududida qolgan armanlarga faqat suryoniy maktablarida oʻqish va shu tildan foydalanishga ijozat etiladi. Yunon tili taqiqlanadi. Milliy alifbo va yangi adabiyot yaratish ehtiyoji kuchayadi. Mesrop Mashtots arman tilining tovush tizimini oʻrganib, shu asosda arman alifbosini tuzadi (405—406). Bu alifbo 16 a.dan beri oʻzgarishsiz qoʻllanib kelmoqda. Mesrop Mashtots "Injil"ni arman tiliga tarjima qilgan, xristianlikning pandnasixatlari haqida kitob yozgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil