Messina boʻgʻozi
Messina boʻgʻozi — Oʻrta dengizdagi boʻgʻoz, Apennin yarim oroli bilan Sitsiliya oroli oraligʻida. Ioni dengizi bilan Tirren dengizini birlashtirib turadi. Uzunligi 40 km chamasida, kengligi 3,5—22 km. Eng sayoz joyining chuqurligi 115 m. Ssilla va Haribda girdoblari bor. Yirik portlari: Messina va Rejodikalabriya (Italiya).[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |