Metabazitlar (meta... va yun. basis — asos) — asosli magmatik jinslarning metamorfizmi natijasida hosil boʻlgan metamorfik togʻ jinslari. M.ga metamorflashgan diabazalar, gabbro, dioritlar va baʼzan slanets va amfi-bolitlar kiradi (qarang Metamorfik togʻ jinslari). M. Oʻzbekistonning Hisor, Chatqol, Kurama, Nurota, Sulton Uvays togʻlarida dayka, qatlam va tomirlar shaklida uchraydi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil