Metagenez (jarayon)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Metagenez (yun. meta — keyin va genesis — vujudga kelish, paydo boʻlish) — choʻkindi togʻ jinslarining qayta oʻzgarishi jarayonlari majmui, jinslar litosferaning yanada chuqurroq gorizontlariga choʻkib borishi natijasida bosim va traning tobora ortishi sharoitida vujudga keladi. "M." terminini taʼriflashda olimlar oʻrtasida yagona fikr yoʻq. Bu terminni dastlab (1957) taklif qilgan geolog N. B. Vassoyevich uni togʻ jinslari regional metamorfizmining sinonimi deb hisoblagan. Agar katagenezda jin-slarning ayrim komponentlari oʻzgarsa, M.da barcha mineral oʻzgarishga uchraydi. Mas, gilsimon minerallar slyudaga, alyuminiy gidroksidi korun-dga, gidrogyotitlar gematitga aylanadi va hokazo Ayni vaqtda mineral donachalarining oʻzaro oʻsishi kuchayadi, biroq qatlamsimon teksturasi koʻpincha saqlanib qoladi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |