Metakril kislota, (a-metilpropen kislota, ss-metil akril kislota), CH2=C(CH3)— COOH- Mr- 86 toʻyinmagan tarkibida 2 ta qoʻsh bogʻ mavjud.Oʻtkir hidli rangsiz suyuqlik. Suyuqlanish temperaturasi 16°, qaynash temperaturasi 163°, zichligi 1015 kg/sm3 (20°da), suvda va organik erituvchilarda eriydi. Metakril kislota natriy amalgamasi bilan izomoy kislotagacha qaytariladi, asoslar va spirtlar bilan metakrilatlar hosil qiladi. Oson polimerlanib, polimetakril kislotaga aylanadi. Sanoatda atsetonga sianid kislota taʼsir ettirib olinadi. Metakril kislota karboksilat kauchuklar, organik shisha poliakril yelimlar, ion almashinuvchi smolalar, metakrilatlar, poliakril kislota ishlab chiqarishda qoʻllanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil