Metallarni qaytarish
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Metallarni qaytarish - qaytarilish reaksiyasi yordamida rudalardan metallarni ajratib olish jarayoni. Bunda qaytaruvchi sifatida metallarga qaraganda kislorodga yaqinroq element yoki moddalar ishlatiladi. Agar qaytarilgan metall eritma holida boʻlsa, jarayon osonlashadi, chunki erish jarayoni erkin energiyani kamaytiradi. Domna pechidagi jarayonda toza temir emas, balki uglerodning temirdagi eritmasi — choʻyan hosil bulishiga ham sabab shu.
Kimyoviy nuqtai nazardan qaraganda Metallarni qaytarish atomga yoki atomlar guruhiga elektronlar birikishidan iborat. Shu sababli, elektroliz yoʻli bilan metallar olish jarayoni, mas, mis sulfat (CuSO4)ning suvdagi eritmasini elektroliz qilib toza mis, alyuminiy oksidi (A12O3) eritmasini elektroliz qilib esa toza alyuminiy olish ham Metallarni qaytarishdir.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |