Metallshunoslik
Metallshunoslik - metallarning tarkibi, ichki tuzilishi va xossalarini, ular orasidagi bogʻlanishni oʻrganadigan fan. Shartli ravishda nazariy va amaliy kismlarga boʻlish mumkin. Nazariy qismda turli taʼsirlar natijasida metall va krtishmalarda yuz beradigan jarayonlar hamda ularning tuzilishiga oid umumiy qonuniyatlar oʻrganiladi. Asosiy boʻlimlari: metall va qotishmalarning metall holati va fizik xossalari nazariyasi, kristallanish, metall va qotishmalardagi faza muvozanati, diffuziya, qattiq holatdagi faza aylanishlari, plastik deformatsiya, tartiblanish, yemirilish va qayta kristallanish jarayonlarining fizik nazariyasi. Nazariy M. koʻp jihatdan metallar fizikasi bilan bogʻliq. Amaliy (texnik) qismda metallarga ishlov berish (termik ishlash, quyish, bosim bilan ishlash) dagi texnologik jarayonlarning asoslari hamda metall materiallarning konkret klasslari oʻrganiladi (qarang [[Me[[tallar texnologiyasi]], [[Me[[tallarni ishlash]]). M. metallarning kristall tuzilishi, metallografiya, rentgenografiya, korroziya, metallarning fizik-mexanik xossalari va termik hamda kimyoviytermik ishlashning bu xossalarga taʼsiri, legirlovchi elementlarning metallar xossalariga taʼsiri, metallarni sinash toʻgʻrisidagi taʼlimotlarni oʻz ichiga oladi. M.da metallga musbat ionlarning davriy maydonida harakatlanadigan elektronlar yigʻindisi sifatida qaraladi (qarang [[Me[[tallar). [[Me[[tallar va qrtishmalar elektron nazariyasining rivojlanishi aloqida fizik xossali (oʻta oʻtkazuvchan, magnit xossali va boshqalar) qotishmalar yaratilishida muhim ahamiyat kasb etdi. M.ning rivojlanishida plastik deformatsiya va kristallik tuzilish nuqsonlari fizik nazariyasi muhim rol oʻynaydi.
Qadimda M. masalalari bilan Sharqda, shu jumladan, Oʻzbekiston hududida ham shugʻullanilgan, xususan, yangi metallar (mas, oltin) ni sunʼiy yoʻl bilan olishga harakat qilingan (qarang Alximiya), tabiiy ravishda bulat olingan. Abu Rayhon Beruniy asarlarida M.ga doyr maʼlumotlar bor. Ilmiy M.ga 19-asr 2 yarmida asos solindi. M. V. Lomonosov jahonda birinchi boʻlib metallarning yaltiroklik va plastiklik xossalarini tasvirlab berdi va zarur xossali qotishmalar hosil qilish yoʻlini koʻrsatdi. Rus metallurgi P. P. Anosov 1831-yilda bulat tayyorlash sirlarini ochdi. U poʻlatning ichki tuzilishini oʻrganishda jahonda birinchi boʻlib mikroskoshu&ch foydalandi. Fransuz olimi G. K. Sorbi 1864-yil da mikrofotografiya usulidan foydalanib, temir meteoritlar va temir na-munalarning mikrostrukturasini tadqiq qildi.
M.ning ilmiy asoslarini rus olimi D. K. Chernov 19-asr oxirida yaratdi. U poʻlatning xossalari kimyoviy tarkibigagina emas, balki tuzilishiga ham bogʻliq ekanligini koʻrsatdi. Fransuz olimi F. Osmond uning ishini takrorlab, anikliklar kiritdi. Chet el olimlari R. Austen, F. Osmond, A. Le-Shatelye va boshqalarning ishlari asosida temir-uglerod qotishmalarning holat diagrammasi tuzib chikildi. M.ning keyingi taraqqiyoti chet el olimlari E. Beyn, G. Ganneman, F. Vefer, G. Es-ser, R. Mel va boshqa nomi bilan bogʻliq.
Olimlarning tadqiqotlari natijasida baʼzi rangdor metallarning qotishmalari ham toblanishi mumkinligi aniqlandi, yangi antifriksion materiallar (qotishmalar) tayyorlandi, metallarning kimyoviy tarkibi, tuzilishi va fizik xossalari orasida bogʻlanish borligi aniqlandi va "tarkibxossa" diagrammalari tuzildi.
M.fani, dastlab, kora metallarni oʻrganish bilan shugʻullandi, sekin-asta rangli metallar va ularning krtishmalarini ham oʻrganishga kirishdi, Texnikaning yangi sohalari rivojlanishi munosabati bilan radiatsiya, juda past temperaturalar, yuqori bosim va boshqa metall va qotishmalarga qanday taʼsir qilishini oʻrganish masalachari paydo boʻldi.
Ad.: Shteynberg S. S, Metallovedeniye, Sverdlovsk, 1961; Gulyayev A. P., Metallovedeniye, 4 izd., M., 1966; Toʻraxonov A. S, Metallshunoslik va termik ishlash, T., 1968.
Vohid Mirboboyev.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |