Metasomatik togʻ jinslari — metasomatizm natijasida hosil boʻlgan togʻ jinslari. Joylashish sharoitlari, hosil boʻlish temperaturasi va gidrotermal jarayonlarning bosqichlariga qarab Metasomatik togʻ jinslarij.ning turli guruhlari farq kilinadi. Yuqori temperaturali dastlabki ishqoriy bosqichdagi mahsulotlarga magneziyli va ohaktoshli skarnlar kiradi, ular, odatda, granit va siyenitlarning karbonatli jinslar bilan kontaktida hosil boʻladi. Bular bilan magnetitli, boratli, borsilikatli, flogopit rudalari bogʻliq. Kislotali bosqichga greyzenlar (qalay, volfram, berilli rudalanish) va ikkilamchi kvarsitlar (mis, molibdenli rudalanish)ning vujudga kelishi xos. Soʻnggi ishqoriy va unga oʻtish bosqichiga metasomatizm mahsulotlari mansub. Vulkanik oblastlarda propolitlar tarqalgan.

Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekistonda skarnlisheyelitli, skarnli-poli-metall, kvars-seritsitli metasomatidlar (oltinli), kvars-xloritli (mis-forfirli) konlar boʻlgan jinslar va rudali formatsiyalar maʼlum.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil