Metastaz (yun. metastasis — koʻchish, joyni oʻzgartirish) — kasallik qoʻzgʻatuvchisi (bakteriyalar, oʻsma hujayralari va boshqalar)ning boshlangʻich oʻchoqdan organizmning boshqa aʼzolariga qon yoki limfa orqali oʻtishi natijasida vujudga keladigan ikkilamchi patologik manba (ikkilamchi kasallik oʻchogʻi). Qon yoki limfa oqimiga oʻtgan bakteriyalar biror aʼzoda va limfa yoʻllari orqali tarqalib, yangi oʻsma tugunlarini hosil qiladi ("M." termini, asosan, ana shu jarayonni ifodalash uchun qoʻllanadi).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil