Mete Gazoz (1999-yil 8-iyun kuni Turkiyaning Istanbul viloyatida tugʻilgan ) turkiyalik olimpiya chempioni, kamonchi[1]. Istanbul kamonchi yoshlar sport klubi sportchisi. Mete Gazoz T okio 2020 Olimpiadasi va 2023-yilgi jahon kamondan otish chempionatida oltin medallarni qo‘lga kiritib, Turkiyaning kamondan otish bo‘yicha tarixidagi ilk olimpiya va jahon chempioni bo‘ldi[2].

Mete Gazoz
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavallud sanasi 1999-yil 8-iyun
Istanbul, Turkiya
Boʻyi 1.82 sm
Vazni 63 kg
Sport
Mamlakat Turkiya
Qaysi sport Kamonchilik
Klubi İstanbul Okçuluk GSK
Medallar

11 ta oltin

11 ta kumush

13 ta bronza

Hayoti

tahrir

Mete Gazoz 1999-yil 8-iyun kuni Turkiyaning Istanbulda viloyatida tugʻilgan. Uning otasi sobiq milliy kamonchi Metin Gazoz, onasi esa Istanbul kamondan otish klubi prezidenti Meral Gazoz boʻlgan. Mete Gazoz kamondan otish bilan 2010-yilda shug‘ullana boshlagan[3]. U shuningdek suzish, basketbol, rasm chizish va pianino oʻynashga qiziqadi. Boshlangʻich va oʻrta taʼlimni Ixlas kollejida tamomlagan.

Uning kamondan otish boʻyicha birinchi xalqaro muvaffaqiyati 2013-yilda Xitoyning Usi shahrida oʻtkazilgan kamondan otish boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida oʻsmirlar toifasida kumush medalni qoʻlga kiritishi boʻldi[4].

2016-yil Nottingemda oʻtkazilgan kamondan otish boʻyicha Yevropa chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi[5]. U 17 yoshida 2016-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida qatnashgan va Turk jamoasidagi eng yosh sportchi boʻlgan[6]. Argentinada boʻlib oʻtgan 2017-yili oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan kamondan otish boʻyicha jahon chempionatida u Yasemin Ecem Anagöz bilan birgalikda aralash jamoaviy klassik kamon yoʻnalishi boʻyicha dunyoda 3-oʻrinni egalladi. 2018-yilda Ispaniyaning Tarragona shahrida boʻlib o'tgan Oʻrta yer dengizi oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritdi.

2018-yilda Berlinda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatining 4-o‘yinida 4 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi. U Butun jahon kamondan otish federatsiyasi (WA) tomonidan tashkil etilgan ovoz berishda 2018-yilning eng yaxshi sportchisi deb topildi.

U Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida bo‘lib o‘tgan Yevropa Gran-prisi-2019 musobaqasining saralash bosqichida erkaklar o‘rtasida klassik kamon bahslarida qatnashgan va saralash bosqichlarida 698 ochko bilan birinchi o‘rinni egallagan. Bu koʻrsatkich bilan u oʻsmirlar jahon va kattalar Yevropa rekordi sohibiga aylandi[7].

Mete Gazoz Tokio-2020 Olimpiadasining klassik kamondan otish bo‘yicha finalida italiyalik Mauro Nespolini 6:4 hisobida mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Mete Gazoz 29-iyul payshanba kuni Yumenoshima Archery Fieldda birinchi davra bahsida lyuksemburglik Jeff Henkelsni, ikkinchi davra bahsida avstraliyalik Rayan Tyakni magʻlub etib, soʻnggi 16-raundga yoʻl oldi. U so‘nggi 16-raundda avstraliyalik Teylor Uortdan o‘tib, chorak finalga yo‘l oldi. Bu turda u jahon reytingida 1-o‘rinda borayotgan amerikalik Bredi Ellisonni musobaqadan chiqarib yubordi va yarim finalga yo‘l oldi. Yarim finalda yaponiyalik Takaharu Furukavani magʻlub etib finalchi boʻlgan Mete Gazoz, oltin medal uchun italiyalik Mauro Nespoli bilan bellashdi. Finalda Mete italiyalik Mauro Nespoli bilan to‘qnash keldi va bahsda 6:4 hisobida g‘alaba qozondi va Olimpiada chempioniga aylandi[8].

AQShda boʻlib oʻtgan 2021-yilgi kamondan otish boʻyicha jahon chempionatida Mete Gazoz va Yasemin Ecem Anagözlardan tuzilgan Klassik kamon aralash milliy terma jamoasi Yaponiyani 6:2 hisobida magʻlub etib, bronza medaliga sazovor boʻldi[9].

Germaniyaning Myunxen shahrida o‘tkazilgan kamondan otish bo‘yicha 2022-yilgi Yevropa chempionatida Mete Gazoz uchinchi o‘rin uchun o‘tkazilgan bahsda ispaniyalik Daniel Kastroni 6:4 hisobida mag‘lub etib, erkaklar o‘rtasidagi klassik kamonda yakkalik toifasida bronza medalini qo‘lga kiritdi[10].

2023-yilgi Qahramanmaraş zilzilasida u 2020-yilgi Tokio Olimpiadasi da qoʻllagan oʻqni kimoshdi savdosida sotdi, toʻplagan daromad zilziladan zarar koʻrgan bolalarning taʼlim olishiga sarflandi[11].

Germaniyaning Berlin shahrida boʻlib oʻtgan 2023-yilda kamondan otish boʻyicha jahon chempionatida erkaklar oʻrtasida klassik kamondan otish boʻyicha final bahsida kanadalik Erik Petersni 6:4 hisobida magʻlub etib oltin medalni qoʻlga kiritdi[12].

Manbalar

tahrir
  1. „Arşivlenmiş kopya“. 1-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-avgust 2021-yil.
  2. „Mete Gazoz“. World Archery. 28-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-sentabr 2023-yil.
  3. „Mete Gazoz“ (Ingliz). World Archery. 28-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-iyun 2021-yil.
  4. „Mete Gazoz“. Fotomac.com.tr. 31-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-iyun 2021-yil.
  5. „Mete Gazoz Avrupa ikincisi!“. NTVSpor.net. 31-may 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-avgust 2016-yil.
  6. „TURKCELL, TÜRKİYE OLİMPİYAT KAFİLESİNİN ANA SPONSORU OLDU“. Milliyet. 6-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-sentabr 2023-yil.
  7. „Mete Gazoz'dan 2 rekor birden“. www.trtspor.com.tr. 31-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-iyun 2021-yil.
  8. „Arşivlenmiş kopya“. 31-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-avgust 2021-yil.
  9. Gürsel, Doğan „Yasemin ve Mete'den Dünya Şampiyonasında Bronz Madalya“. 24-sentyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-sentabr 2023-yil.
  10. „Gülnaz Büşranur Çoşkun Avrupa şampiyonu; Mete Gazoz Avrupa 3.sü“. 12-iyul 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-sentabr 2023-yil.
  11. „Arşivlenmiş kopya“. 16-fevral 2023-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-sentabr 2023-yil.
  12. „Mete Gazoz dünya şampiyonu oldu!“. 6-avgust 2023-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-avgust 2023-yil.