Meteorologik radiolokatsiya
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Meteorologik radiolokatsiya — fazodagi turli obyektlar (samolyot, radiozond, momoqagdirok, yogʻinlar maydoni va boshqalar) ning turgan joyini koʻri-nuvchanlikning har qanday sharoitida ham ularga radiotoʻlqin yuborib, ulardan qaytgan radiotoʻlqin orqali radio-aniqlash usuli. Meteorologik radiolokatsiyada juda qisqa muddatli, lekin katta quvvatli impuls larda ishlaydigan maxsus radiouzatkichlar qoʻllanadi. Obʼyekt tomon yoʻnalishni aniqlash uchun nurlanish energiyasining katta qismini nurning ingichka tutamli chegarasida yuborishni (shuningdek, asosan ushbu tutam chegarasida qabul qilinaditan signallarni ham) taʼminlaydigan maxsus yoʻnalgan antennalardan foydalaniladi. Moʻljalni antenna oʻqining yoʻnalishi bilan aniqlanadi. Obʼyekt bilan radiolokator orasidagi masofa obyektga uzatilgan va undan qaytgan radio-toʻlqin uchun ketgan vaqt (mikrosekund) oʻlchanib aniqlanadi. Meteorologik radiolokatsiya yordamida meteorologik obyektlarni, eng avvalo yogin maydoni va u bilan bogliq boʻlgan hodisalar (ʻmomoqaldiroq, bulut), shuningdek, bulut ortidagi shamol tezligi va yoʻnalishi ham aniqlanadi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |