Metgemoglobinemiya — bu qonda metgemoglobin miqdorining (10% dan ortiq[1]) koʻpayishi bilan tavsiflanadigan kasallik hisoblanadi.

Tugʻma metgemoglobinemiya dominant irsiy kasallik hisoblanadi. Tugʻma metgemoglobinemiyada umumiy gemoglobinning 20-50% qismi metgemoglobin shakliga oʻtadi va bunda gemoglobin tarkibidagi temir uch valentli boʻladi.

Metgemoglobin katta qon aylanish doirasida, yaʼni, oʻpkadan toʻqimalarga kislorod transportida ishtirok etmaydi. Agarda uning qondagi miqdori sezilarli darajada koʻpaysa qonning transport funktsiyasini keskin buzadi.

Baʼzi irsiy metgemoglobanemiyalar kasaliklari retsessiv irsiy nuqson, metgeomglobin reduktaza fermenti faolligining pasayishi natijasida yuzaga keladi. Bu kasallik gemoglobin M ning normal gemoglobinga aylanishini kamaytiradi.

Metgemoglobanemiya kasalligi oʻtkir kimyoviy zaharlanishning ayrim turlari (anilin boʻyoqlari, paratsetamol, kaliy permanganat va boshqalar) natijasida ham yuzaga chiqishi ham mumkin.

Nitrat (kaliy nitrat) tanaga kirganda, kaliy nitratining nitritga biologik qaytarilishi sodir boʻladi, bunda gemoglobin kislorodni tashishga qodir boʻlmagan metgemoglobinga aylanadi. Bu qonning kislorod miqdorining pasayishiga olib keladi va metgemoglobinemiya kasalligi paydo boʻladi.

Manbalar

tahrir
  1. Methemoglobin(ingl.) // Wikipedia. — 2019-02-28.

Havolalar

tahrir