Metilen koʻki (Methylenum coeruleum) — sunʼiy organik boʻyagich, tiozin boʻyagichlari guruhiga mansub. Toʻq yashil kristall poroshok yoki bronza kabi yaltiroq kristall. Spirtda, suvda eriydi, organik erituvchilar (efir, benzol, SNS13)da erimaydi. Suvdagi eritmasi koʻk rangda. Analitik kimyoda xloratlar, perxloratlar, simob kationlari, qalay, titanni aniqlashda, qogʻoz, gazlamalarni boʻyashda, rangli qalamlar tayyorlashda, tibbiyotda antiseptik vositalar, shuningdek, antidotlar sifatida ishlatiladi. Baʼzan sistit, uretrit va siydik yoʻlining boshqa yalligʻlanish kasalliklarida ichiriladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil