Metrika (... metro) — oʻlchov va vaznlar haqida taʼlimot, yunon musiqa nazariyasining sheʼriy va musiqiy vaznlar, boʻgʻin va choʻzimlar tizimini oʻrganuvchi boʻlimi. Ushbu maʼnoda qad. va oʻrta ayerlarda M. musiqa nazariyasiga qaraganda grammatika faniga koʻproq taalluqli hisoblangan. M. maxsus musiqiy oʻlchov (takt)ni belgilaydigan ritmik urgʻularning oʻzaro munosabatlari haqidagi taʼlimot sifatida nemis musiqashunosi M. Gauptman tomonidan ilk bor 1853-yilda Yevropa musiqa nazariyasiga tatbik, etilgan. M. taʼlimoti, asosan, takt tushunchasiga asoslangan, baʼzi yirik musikashunoslar (X. Riman, K. Zaks va boshqalar) unga ritmiksintaksis tuzilmalarni (mas, davr, jumla. ohang , ibora va boshqalar) ham kiritib, M.ga yanada kengroq, universal maʼno berganlar. Oʻrta va Yaqin Sharq musiqashunosligida (Forobiy, Ibn Sino, Urmaviy, Jomiy, Navoiy, Darvishali Changiy va boshqalar) M. — ilmi iyqoning tarkibiy qismi boʻlib, musiqiy sheʼriy tushuncha va atamalar (usul, iyqo, bahr, vazn va boshqalar) vositasida keng sharhlangan (qarang Iiqo).

Abdumannop Nazarov.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil