Meva-sabzavot konservalari — meva va sabzavotlarga turli usullarda ishlov berish yuli bilan tayyorlanadigan konservalar. Meva konservalari: shakar qoʻshib konservalangan yangi rezavor mevalar yoki ulardan tayyorlangan kompotlar, pyure, sharbatlar (qarang Meva sharbati), murabbo va boshqa Shuningdek, muzlatilgan mevalar, rezavor mevalar ham meva konservalariga kiradi. Sabzavot konservalari: toʻgʻrab yoki butun holida konservalangan sabzavotlar (sabzi, lavlagi, gulkaram, koʻk noxat, pomidor, bodring , shirin ju-hori va b); sharbatlar (sabzi, pomidor, lavlagi sharbatlari), quyuklashtirilgan pomidor mahsulotlari — pasta, souslar; usimlik moyida qovurilgan baklajon, sabzi, kabachki, pi-yozdan tayyorlangan gazaklar; marinadlangan, tuzlangan, sabzavotlar. Bolarlar isteʼmoli uchun konservalar pyuresimon va mayda toʻgʻralgan holda, parhez konservalar biron bir kasalliklari boʻlgan shaxslar isteʼmoli uchun maxsus retsept boʻyicha tayyorlanadi. Qoʻziqorindan tayyorlangan konservalar ham sabzavot konservalariga kiradi.

Oʻzbekiston konserva sanoatida, asosan, meva va sabzavot konservalari ishlab chikariladi. 2002-yilda respublikada 48,4 mln. shartli banka konservalar ishlab chikariladi.

Rixsivoy Joʻrayev.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil