Mexanizatsiya
Mexanizatsiyalash (inglizcha: mechanization, nemischa: mechanisierung ) — mahsulotning funksional vazifasini oʻzgartirmasdan uning tarkibiy elementlariga oʻzgartirishlar kiritish.
Bu atama mexanizm yordamida bajariladigan jarayon yoki ishni anglatadi. Mexanizm (mashina) tushunchasiga muhandislik nuqtai nazaridan quyidagicha ta’rif beriladi: “Har bir mashina ma’lum mexanik operatsiyalarni bajarish uchun qurilgan. Ularning har biri jarayonda mashina (mexanizm) dan tashqari yana boshqa ikkita komponentdan: harakatlantiruvchi kuch va obyektning oʻzidan iborat boʻlib, unga ish deb atash mumkin boʻlgan harakatlar yoʻnaltiriladi. Mexanizm yoki mashina, mohiyatiga koʻra energiya va bajarilgan ish oʻrtasida vositachi boʻlib, ularni bir-biriga moslashtirish uchun moʻljallangan ".
Ba‘zi hududlarda mexanizatsiya deganda qoʻl asboblaridan foydalanish tushuniladi. Zamonaviy sharoitda texnologiya yoki iqtisodiyot sohasidagi mexanizatsiyalash hayvonlarning energiyasidan (otlar yoki eshaklar) foydalanishga asoslangan qoʻl asboblari yoki sodda qurilmalarga qaraganda ancha murakkab mexanizmlardan foydalanishni taqozo qiladi. Mexanizatsiyalash, shuningdek, tezlikni oʻzgartirishga qodir boʻlgan qurilmalardan (mashinalardan) foydalanishni anglatadi. Yoki tishli gʻildiraklar, gʻildiraklar yoki shkiv, kamarlar, vallar, eksentrik va boshqa vositalardan foydalangan holda oʻzaro qayta kiruvchi harakatni aylanuvchi harakatga oʻzgartirish. Ishlab chiqarishni elektrlashtirilgandan soʻng, qoʻlda ishlaydigan kichik mexanizmlarning koʻpchiligi elektr motorlar bilan almashtirildi[1].
Quyidagicha farqlanadi :
- qisman mexanizatsiya - qoʻl mehnati bilan bogʻliq ishlab chiqarishda ayrim operatsiyalar mashinalar yoki mexanizmlar tomonidan bajariladi;
- kompleks mexanizatsiya - toʻliq texnologik jarayonni, yoki ma’lum bir mahsulotni yaratishdagi ishlarning barchasini qamrab oladi, bunda xodim mashinalar majmuasini boshqaradi;
- avtomatlashtirish - ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashning eng yuqori darajasi, bunda mashinalar mexanizmlarni boshqaradi va yuqori malakali xodim faqat ishlab chiqarish jarayonini yoʻlga qoʻyib, uni nazorat qilib boradi.
Xulosa qilib aytganda, ishlab chiqarishni kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish texnik taraqqiyotning asosiy zamonaviy yoʻnalishi, unumdorlik va mehnat samaradorligini oshirish, shuningdek, mahsulot sifatini yaxshilashning asosini tashkil etadi. Mexanizatsiyalashning ijtimoiy-iqtisodiy samarasi ishlab chiqarish usuli bilan bogʻliq[2].
Shuningdek qarang.
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Jerome (1934) gives the industry classification of machine tools as being «other than hand power». Beginning with the 1900 U.S. census, power use was part of the definition of a factory, distinguishing it from a workshop. (ingl.)
- ↑ Мала гірнича енциклопедія. В 3-х т. Под ред. В. С. Білецького — Донецк: Донбасс, 2004. — ISBN 966-7804-14-3. (ukr.)