Mexanoretseptorlar (yun. mechano — mashina va retseptorlar) — sezuvchi nerv oxirlari; tashqaridan boʻladigan (tuygʻu, ogʻriq, eshitish va boshqalar) yoki ichki organlarda vujudga keladigan mexanik taʼsirotlarni qabul qiladi. Mexanoretseptorlaega baroretseptorlar, proprioretseptorlar, tuygu retseptorlari (odam va hayvonlarning teri yuzasida boʻladi), vestibuloretseptorlar kiradi (ular odam va hayvonlar ichki qulogʻining vestibulyar apparatipya joylashgan boʻlib, tezlanish, vibratsiya tufayli gavdaning fazodagi vaziyati oʻzgarishini taʼminlaydi)[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil