Mexanotron (lot. mehaniros - mexanik va elektron) — mexanik kattaliklarni elektr kattaliklarga aylantirib beradigan elektr vakuum asbob; unda elektron yoki ion toki kuchini boshqarish uchun elektrodlarini bevosita siljitish usulidan foydalaniladi. Bir yoki bir necha qoʻzgʻaluvchan elektrod (mas, anod) ni qoʻzgʻalmas katodga nisbatan siljitilsa, elektrodlar orasida elektr maydon qiymati va shakli, yaʼni anod toki kuchi oʻzgaradi. M.ning 2 (diod), 3 (triod) yoki 4 (tetrod) elektrodli xillari bor. M. sezgirligi (tok boʻyicha diodli M.larda 7 a/sm gacha, kuchlanish boʻyicha triodli M.larda 25 kV/sm gacha), oddiyligi, yengilligi va ixchamligi bilan boshqa datchiklardan ustun turadi. [1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil