Mexikali — Meksikaning shim.-gʻarbiy qismidagi shahar. AQSH chegarasiga yaqin joyda. Kolorado daryosi havzasida. Shim. Quyi Kaliforniya shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 764,9 ming kishi (2000). Transport yoʻllari tuguni. Sugʻorma dehqonchilik rayonining (paxta, bugʻdoy, sabzavot ekinlari, moyli oʻsimliklar yetishtirish) markazi. Oziq-ovqat, metallsozlik, paxta tozalash, yogʻmoy sanoati korxonalari mavjud. Amerika kompaniyalarining elektrotexnika, radioelektronika va isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish korxonalari ishlab turibdi. Un-t bor.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil