Meyn qoʻltigʻi — Atlantika okeanida joylashgan qoʻltiq. AQSH va Kanadaning sharqiy qirgʻoqlarida joy olgan. Shimoliy-sharqda Yangi Shotlandiya va janubi-gʻarbda Keyp-Kod yarim orollari bilan chegaralangan. Maydoni 36,000 kvadrat milya (93,000 km2) ni tashkil etadi. Oʻrtacha chuqurligi 227 m ga teng. Shimoli-sharqida Fandi qoʻltigʻi boʻlib, bu yerda suv koʻtarilishi 18 m gacha (dunyoda eng yuqori) boʻlishi kuzatilgan[1].

Meyn koʻrfazining asosiy xususiyatlari
Meyn koʻrfazining asosiy xususiyatlari
Joylashuvi Amerika Qoʻshma Shtatlarining shimoli-sharqiy sohillari va Kanadaning janubi-sharqiy qirgʻoqlari
Okean tipi qoʻltiq
Yogʻin tutuvchi yuzasi 69,000 kvadrat milya (180,000 km2)
Havzaga aloqador oʻlkalar Kanada va AQSH
Yuzasi 36,000 kvadrat milya (93,000 km2)
Orollari Maunt Desert oroli, Foks orollari (Shimoliy Haven va Vinalhaven), Isle au Haut, Grand Manan
Aholi punktlari Boston, Portsmut, Portlend, Sent-Jon

Asosiy portlari

tahrir
  • Boston va Portlend (AQSH)
  • Sent-Jon (Kanada)

Manbalar

tahrir
  1. "Meyn qoʻltigʻi" OʻzME. M-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil