Meysterzingerlar sanʼati
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Meysterzingerlar sanʼati (nem. Meister — usta, Singer — xonanda) — Germaniyada 14—16-asrlarda rivoj topgan xonanda va shoirlar ijodi. Meysterzingerlar Oʻrta asrda yashab ijod etgan boshqa hunarmandlar qatori, oʻz uyushmalariga ega boʻlib, maxsus risola (tabulatura)larda qayd etilgan qoidalar asosida faoliyat koʻrsatishgan. Faqatgina yangi, oʻziga xos kuy yarata olgan hamda uni yuqori saviyada ijro eta olgan xonanda-ijodkor usta (Meister) unvoniga sazovor boʻlgan. Meysterzingerlar oʻz qoʻshiqlarini yakka tarzda cholgʻu joʻrnavozligisiz ijro etgan. 14—15 a.larda qoʻshiklarning sheʼriy asosini diniy, keyinchalik boshqa mavzular tashkil etgan. X. Fols, G. Saks, G. Fogel va boshqa meysterzingerlar mashhur. R. Vagner Meysterzingerlar sanʼatiga bagʻishlab "Nyurnberg meysterzingerlari" operasini yaratgan.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |