Mezotermal konlar (mezo ... va therme — issiqlik) — foydali qazilmalarning gidrotermal konlari sinflaridan biri; Yer qaʼrining 5000 m chu-qurligigacha qatlamlarida juda katta bosim ostidagi va 300—200° temperaturali sirkulyasiyalovchi minerallashgan qaynoq suv aralashmalarining mineral massasi yotqiziqlaridan vujudga keladi. Ular tomirlar, qatlamli tanalar va notoʻgʻri shaklli yotqiziqlar hosil qiladi. Dastlab amerikalik geolog VLindgren tomonidan ajratilgan (1907).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil