Michael Aschbacher
Michael Aschbacher (talaffuzi: Maykl Ashbaxer) (1944-yil 8-aprelda tugʻilgan) — amerikalik matematik. Yakuniy guruhlar (chekli guruhlar) boʻyicha ishlari bilan tanilgan. 2012-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.
Michael Aschbacher | |
---|---|
Tavalludi |
8-aprel 1944-yil Little Rock, Arkansas, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Sohasi | Matematika |
Institutlar | California texnologiya instituti |
Taʼlimi |
California texnologiya instituti Wisconsin–Madison universiteti |
Akademik rahbarlari | Richard Bruck |
Mashhur ishlari | Guruh nazariyasi |
Mukofotlari |
Cole mukofoti (1980) Rolf Schock mukofoti (2011) Leroy P. Steele mukofoti (2012) Wolf mukofoti (2012) |
Aschbacher 1966-yil California texnologiya institutini tamomlagan. 1969-yil Wisconsin–Madison universitetidan PhD darajasini olgan. 1970-yildan California texnologiya institutida ishlay boshlagan.
Olim 1970—1980-yillarda yakuniy sodda guruhlar klassifikatsiyasini tamomlashda muhim rol oʻynagan. Keyinchalik klassifikatsiya toʻliq emasligi aniqlangan. Bu muammoni Aschbacher Stephen Smith bilan hamkorlikda hal qildi. Xususan, ikki matematik mazkur masalada 1300 sahifali ikki kitob yozdi.