Mixail Chernoy (ivritcha: מיכאל צ'רנוי, ruscha: Михаил Чёрный, 1952-yil 16-yanvarda tugʻilgan) – oʻzbek, asli isroillik tadbirkor va sanoatchi. U 1990-yillarda Rossiyadagi alyuminiy sanoatidagi muhim roli va Isroildagi biznes tashabbuslari bilan tanilgan. Shuningdek, Mixail Chernoy jamgʻarmasining asoschisi va The Intelligence Summit homiysi[1].

Chernoy Mixail Semyonovich
Tavalludi 1952-yil 16-yanvar
Fuqaroligi  Isroil
Kasbi Tadbirkor

Hayoti

tahrir

Chernoy 1952-yil 16-yanvarda Toshkent shahrida, yahudiy oilasida tugʻilgan. Otasi buxgalter (hisobchi) va muhandis boʻlib, uch oʻgʻilning toʻngʻichi. U oʻn toʻrt yoshida ishlay boshlaydi. Oʻrta maktabni tugatgandan soʻng, Sovet Armiyasiga chaqiriladi va texnikumga oʻqishga kirgan. Keyinchalik u sportning boks va futbol turlari bilan shugʻullanib, sport maʼmuriyatiga ishga kiradi. 

1990-yillarning boshida Isroilga koʻchib kelgan, lekin Bolgariya bilan yaqin aloqada boʻladi. U yerda yetakchi gazeta, top futbol jamoasi va Bolgariyaning yagona mobil telefon kompaniyasi Mobiltelni sotib olgan. 2000-yilning avgust oyida Bolgariya hukumati uning chet ellik jinoiy reketlar bilan aloqasi borligini qoralaydi. Soʻng, 10 yil davomida Bolgariyaga qaytib kela olmasligini aytib, uni Bolgariyadan chiqarib yuborishgan[2].

Bundan tashqari, Floridadagi Sankt-Peterburg Tayms gazetasida aytilishiga koʻra, Qoʻshma Shtatlar „1999-yildan beri Cherneyga rus mafiyasi bilan aloqasi borligi sababli viza bermadi“[3].

Chernoy 2010-yilning avgust oyida Isroilning Ikkinchi kanali Isroilda qisqa koʻrsatuvni namoyish etgan. Koʻrsatuv oʻsha vaqtgacha boʻlgan eng qimmat va dabdabali toʻy marosimi haqida 20 million ILS (taxminan 5 million AQSh dollari) ga tushgan edi. Dasturdagi kelin Chernoyning qizi ekanligi, toʻy oʻzi tomonidan toʻlangani maʼlum boʻladi. Shuningdek, unda Isroil vazirlari va asli rossiyalik parlament (Knesset) deputatlari ham qatnashgani[4].

Shaxsiy hayoti

tahrir

Chernoy ishbilarmon ayol Nikol Raydman bilan 2019-yilda unashtirilgunga qadar munosabatda boʻlgan. Lekin, ular oʻsha yilning oxirida ajrashgan. Ularning Mishel (2010-yilda tugʻilgan) va Richard (2014-yilda tugʻilgan) ismli ikkita farzandi bor. Ular Gerzliyada yashaydi.

U Moskvadagi uyida Vladimir Putinning amakivachchasi Igor Putin va Rossiyaning bosh ravvini Berel Lazar bilan birga edi[5].

Manbalar

tahrir
  1. „Kenneth Timmermanʼs Iranian 'Democracy' and the 'Intelligenceʼ Summit“, Ron Jacobs, 1 February 2006 (Monthly Review Zine website)
  2. William A. Orme Jr.. „Intrigue Derails A Public Offering; Israel Halts Sale of Phone Company“. The New York Times (2001-yil 3-aprel). Qaraldi: 2014-yil 12-oktyabr.
  3. Meg Laughlin. „Intelligence conference draws criticism“. St. Petersburg Times (2007-yil 6-mart), s. 1A.
  4. The most expensive wedding in Israel (Hebrew, TV Channel 2 Israel account on YouTube)
  5. Sheil, Martin. „Connecting Elliott Broidy Related Dots — Offshore and On — Some Russian — Some Not“. The Medium (2018-yil 12-iyul). 2020-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-noyabr.

Havolalar

tahrir