Michael Moffat (talaffuzi: Maykl Moffat) (1985-yil 15-fevralda tugʻilgan) — shotlandiyalik futbolchi. Michael Moffat „Ayr United“ futbol klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Michael Moffat
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Michael Moffat
Tavallud sanasi 15-fevral 1985-yil (1985-02-15) (39 yosh)
Tavallud joyi Kilmarnock, Shotlandiya
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Ayr United
Raqami 7
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2005—2011 Girvan
2011—2014 Ayr United 124 (57)
2014—2017 Dunfermline Athletic 97 (21)
2017 Ayr United 101 (20)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2020-yil 22-noyabr uchun)

Faoliyati tahrir

Girvan va Ayr United tahrir

Michael Moffat „Girvan“ futbol klubida oʻzining futbolchilik faoliyatini boshlagan.U klub safida oltita mavsum oʻtkazgan. Shundan soʻng, Moffat 2011-yilning yanvar oyida „Ayr United“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan[1][2]. Moffat „Ayr United“ futbol klubidagi birinchi mavsumida oʻn bitta gol urishga muvaffaq boʻlgan. „Ayr United“ futbol klubi esa „Brechin City“ futbol klubi ustidan qozonilgan gʻalaba uchrashuvidan soʻng, Birinchi divizionga koʻtarilgan[3]. Keyingi mavsumda Michael Moffat klub safida Birinchi diviziondagi barcha oʻyinlarda jami 7 ta gol urgan. 2011—2012-yilgi mavsumda Michael Moffat „Ayr United“ futbol klubi safida koʻpgina uchrashuvlarda maydonga tushgan. Shu jumladan, Hampden Parkda Liga kubogi doirasidagi mahalliy raqib „Kilmarnock“ futbol klubiga yarim final uchrashuvida Michael Moffat „Ayr“ klubi uchun maydonga tushgan[4]. 2012-yil iyun oyida Michael Moffat klub bosh murabbiyi Mark Roberts bilan yangi shartnoma imzolagan. Ammo bu mavsumda klub Ikkinchi divizionga tushib ketgan. Klub uchun omadsiz kelgan mavsum Michael Moffat uchun omadli kelgan.U mavsumda oʻzining ajoyib gollari bilan muxlislar eʼtiborini tortgan. Michael Moffat mavsumni liganing eng yaxshi toʻpurari sifatida yakunlagan.

Dunfermline Athletic tahrir

2013—2014-yilgi taʼsirli mavsumdan soʻng, (Michael Moffat mavsumni liganing eng yaxshi toʻpurari sifatida yakunlanganidan soʻng) Michael Moffat Birinchi liga vakili „Dunfermline Athletic“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan[5]. Michael Moffat „Dunfermline Athletic“ futbol klubi safidagi ilk oʻyinini „Annan Athletic“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazgan. Moffatning klub safidagi ilk goli ham Shotlandiya Liga kubogi doirasidagi „Annan Athletic“ futbol klubiga qarshi kechgan uchrashuvda kiritilgan[6]. Biroq, Michael Moffat „Dunfermline Athletic“ futbol klubi safidagi birinchi mavsum oʻyinlarida „Girvan“ va „Ayr United“ futbol klublaridagi gollarga boy boʻlgan oʻyinini takrorlay olmagan. Michael Moffat 2014—2015-yilgi mavsumda „Dunfermline Athletic“ futbol klubi safidagi barcha musobaqalarda atigi oltita gol urishga muvaffaq boʻlgan. Michael Moffatning klubdagi ikkinchi mavsumi yaxshi boshlangan. Hujumchi oʻzining dastlabki oʻn ikkita raqobatbardosh oʻyinida oldingi mavsumdagi koʻrsatkichidan oshib ketgan. Ushbu gollardan uchtasi „Brechin City“, „Cowdenbeath“ va „Peterhead“ futbol klublariga qarshi ketma-ket liga oʻyinlarida urilgan. Shu bilan birga Michael Moffat Shotlandiya challenge kubogi doirasida „Forfar Athletic“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda dubl qayd etgan.

Ayr United klubiga qaytish tahrir

Uch mavsum safarda boʻlganidan soʻng, Michael Moffat 2017-yil 23-mayda „Ayr United“ futbol klubi safiga qaytib, klub bilan ikki yillik shartnoma imzolagan[7].

Faoliyat statistikasi tahrir

2019-yil 11-may holatiga ko'ra;
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Boshqa Jami
Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Girvan 2009—2010 Shotlandiya Super ligasi 33 21 2 1 0 0 0 0 35 22
2010—2011 20 19 3 3 0 0 0 0 23 22
Jami 53 40 5 4 0 0 0 0 58 44
Ayr United 2010—2011 Shotlandiya Ikkinchi divizioni 22 7 0 0 0 0 4 4 26 11
2011—2012 Shotlandiya Birinchi divizioni 36 9 5 0 5 0 5 0 51 9
2012—2013 Shotlandiya Ikkinchi divizioni 34 16 2 2 2 3 1 0 39 21
2013—2014 Shotlandiya Birinchi ligasi 32 26 3 0 1 0 4 1 40 27
Jami 124 57 10 2 8 3 14 5 156 67
Dunfermline Athletic 2014—2015 Shotlandiya Birinchi ligasi 34 5 3 0 2 1 2 0 41 6
2015—2016 34 12 3 0 3 0 3 3 43 15
2016—2017 Shotlandiya chempionati 29 4 4 0 4 2 1 0 38 6
Jami 97 21 10 0 9 3 6 3 122 27
Ayr United 2017—2018 Shotlandiya Birinchi ligasi 35 11 3 0 5 2 2 0 36 13
2018—2019 Shotlandiya chempionati 34 5 2 1 6 4 2 0 44 10
Jami 69 16 5 1 11 6 4 0 89 23
Jami 343 134 30 7 28 12 24 8 425 161

Manbalar tahrir

  1. „Michael Moffat joins Ayr United“. Girvan F.C. (10-yanvar 2011-yil). 2012-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-yanvar 2011-yil.
  2. Wilson. „Ayr United sign Girvan striker Michael Moffat“. Ayrshire Post. Scottish & Universal Newspapers Limited (14-yanvar 2011-yil). Qaraldi: 28-sentabr 2013-yil.
  3. „Brechin City vs. Ayr United Match Report“. Ayr United F.C. (23-may 2011-yil). 2013-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-iyun 2012-yil.
  4. „Michael Moffat: Player Details“. Ayr United F.C. (3-iyun 2012-yil). 2012-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-iyun 2012-yil.
  5. „New Signing“. dafc. dafc.co.uk (27-may 2014-yil). Qaraldi: 15-fevral 2015-yil.
  6. „Dunfermline 5 Annan Athletic 1“. Dunfermline Athletic F.C. (2-avgust 2014-yil). Qaraldi: 20-may 2019-yil.
  7. „Return of the Moff“. Ayr United F.C. (23-may 2017-yil). 6-iyun 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-may 2017-yil.