Michael Parsons
Michael Parsons (talaffuzi: Maykl Parsons; 1995-yil 3-oktyabrda tugʻilgan) — Amerika vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashgan sobiq muz raqqosi.
Michael Parsons | |
---|---|
Green/Parsons juftligi 2019-yilda | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Davlat | AQSh |
Tavalludi |
3-oktyabr 1995-yil Wheaton, Maryland |
Boʻyi | 1.72 m (5 ft 7 1⁄2 in) |
Sherigi | Caroline Green |
Oldingi sheriklari | Rachel Parsons |
Jamoasi | Washington Figure Skating Club |
Uchishni boshlagan | 2001 |
Shaxsiy rekordlari | |
Raqs (umumiy natija) | 200.59 |
Qisqa raqs | 80.62 |
Erkin raqs | 119.97 |
Singlisi va konkida uchish boʻyicha sobiq sherigi Rachel Parsons bilan birga 2018 NHK Trophy musobaqasining bronza medali sovrindori va Xalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan Challenger seriyasining toʻrt karra kumush medali sohibi(2018 CS Asian Open, 2018 CS Nebelhorn Trophy, 2018 CS Lombardia Trophy, 2017 CSlamory Ondremor) boʻlgan. Parsonslar juftligi faoliyati davomida 2017-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida, 2016-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalida va 2017-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi AQSh chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan. Juftlik2012-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi qishki Olimpiya oʻyinlarida 4-oʻrindan joy olgan.
Shaxsiy hayoti
tahrirMichael Parsons 1995-yil 3-oktyabrda Maryland shtatining Uiton shahrida tugʻilgan. Uning Rachel va Katie ismli ikkita singlisi bor. Michael Maryland shtatining Rockville shahrida joylashgan Montgomeri kollejida biologiya boʻyicha tahsil oladi.
Faoliyati
tahrirMichael Parsons 2010-yil fevral oyida singlisi Rachel bilan juftlik hosil qilgan. Juftlik 2011-yilgi AQSh chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan va 2011-yil sentyabr oyida Polshaning Gdansk shahrida boʻlib oʻtgan Gran-pri musobaqasida 9-oʻrinni egallab, ushbu turnirda debyut qilgan. 2012-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi AQSh chempionatida qalay medalini qoʻlga kiritgandan soʻng, juftlik Amerika Qoʻshma Shtatlar vakili sifatida 2012-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Qishki Olimpiya oʻyinlarida 4-oʻrinni egallagan. Shuningdek, juftlik 2012-yilda Belarus poytaxti Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan O‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida 15-o‘rindan joy olgan.
2013 — 2014-yilgi mavsum
tahrirParsonslar juftligi Slovakiyaning Košice va Chexiya Respublikasining Ostrava shaharlarida boʻlib oʻtgan 2013 — 2014-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqalarida ishtirok etib, kumush medalni qoʻlga kiritgan[1]. Ular Yaponiyaning Fukuoka shahrida bo‘lib o‘tadigan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalida oltinchi o‘rinni egallagan. Ushbu juftlik 2014-yilgi AQSh chempionatida o‘smirlar o‘rtasida bronza medali sohibi boʻlgan va 2014-yilda Bolgariyaning Sofiya shahrida o‘tkazilgan O‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida 8-o‘rinni egallagan holda mavsumni yakunlagan[2].
Dasturlari
tahrir(Rachel bilan)
Mavsum | Qisqa raqs | Erkin raqs |
---|---|---|
2018 — 2019 |
|
|
2017 — 2018 |
|
|
2016 — 2017 |
|
|
2015 — 2016 |
|
|
Natijalari
tahrir(Rachel Parsons bilan)
GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Xalqaro | |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Musobaqa | 10 — 11 | 11 — 12 | 12 — 13 | 13 — 14 | 14 — 15 | 15 — 16 | 16 — 17 | 17 — 18 | 18 — 19 |
Toʻrt qitʼa | 6 | ||||||||
GP Fransiya | 5 | ||||||||
GP NHK Trophy | 3 | ||||||||
GP Rostelecom | 7 | ||||||||
GP Skate America | 9 | ||||||||
CS Asian Open | 2 | ||||||||
CS Golden Spin | 8 | ||||||||
CS Lombardia | 2 | ||||||||
CS Nebelhorn | 2 | ||||||||
CS Ondrej Nepela | 2 | ||||||||
Lake Placid IDI | 2 | 2 | |||||||
Xalqaro: Oʻsmirlar | |||||||||
Jahon chempionati | 15 | 8 | 4 | 2 | 1 | ||||
Yevropa chempionati | 4 | ||||||||
JGP Final | 6 | 3 | 1 | ||||||
JGP Czech Rep. | 2 | ||||||||
Lake Placid IDI | 1 J | 1 J | |||||||
Toruń Cup | 2 J | ||||||||
Milliy | |||||||||
AQSh chempionati | 1 N | 4 J | 3 J | 2 J | 2 J | 1 J | 5 | 6 | |
N = yangi konkida uchuvchi; J = oʻsmirlar |
Manbalar
tahrir- ↑ Flade, Tatjana. „USA's Rachel and Michael Parsons clinch Junior World title“. Golden Skate (2017-yil 18-mart).
- ↑ Xiong, Wei. „Parsons and Parsons: "We are always trying to improve"“. Golden Skate (2016-yil 30-sentyabr).