Michael Schumacher
Michael Schumacher (talaffuzi: Mixael Shumaxer; 3-yanvar 1969-yil, Shimoliy Reyn-Vestfaliya, GFR) — Formula 1 musobaqalarida Jordan, Benetton, Ferrari va Mercedes jamolarida qatnashgan nemis sobiq avtopoygachisi. Schumacher Formula 1 bo'yicha jahon chempionatida 7 marta g'alaba qozonib rekord qayd etgan (Lewis Hamilton bilan teng). Schumacher 2012-yilda sportni tark etgan. Sportni tark etgan vaqtda u eng koʻp gʻalaba qozonish boʻyicha rekord sohibi edi (91). Shuningdek, poul pozitsiyalari (68) va podium natijalari (155)ni tashkil etadi. Bugungi kunga kelib baʼzi rekordlar Lewis Hamilton tomonidan yangilangan. Eng tez aylanish boʻyicha rekord ham (77) Michael Schumacherga tegishli.
Michael Schumacher | |
---|---|
Tavalludi |
3-yanvar 1969-yil |
Fuqaroligi | Germaniya |
Kasbi | Avtopoygachi |
Faoliyat yillari | 1991-2012 |
Turmush oʻrtogʻi | Corinna Betsch |
Imzosi | |
Schumacher oʻzining poygadagi faoliyatini kartingda boshlagan. Ushbu vaqt davomida Schumacher bir nechta oʻsmirlar uchun tashkil etilgan seriyalarda muvaffaqiyat qozondi. 1991-yil „Formula-1“ poygalaridan biri Belgiya Gran-prisida Jordan jamoasi bilan ishtirok etdi. Mavsumning qolgan qismida Benetton jamoasi bilan shartnoma imzoladi. U 1994—1995-yillarda ketma-ket chempionlikni qoʻlga kiritdi. Schumacher 1996-yilda Ferrari jamoasiga oʻtdi. Jamoadagi ilk yillarida yaʼni 1997 va 1998-yillarda mavsumda yaxshi ishtirok etdi, ammo soʻnggi poygada chempionlikdan mahrum boʻldi. 1999-yilgi mavsumda tormoz ishlamay qolishi oqibatida oyogʻi singan. Keyingi mavsumlar Schumacher va Ferrari jamoasi uchun omadli keldi. 2000-yildan 2004-yilgacha ketma-ket beshta chempionlikni qoʻlga kiritdi. Ushbu mavsumlar davomida bir qancha rekordlarni yangilagan. 2005-yilda uchinchi va 2006-yilda esa ikkinchi oʻrinni egallaganidan soʻng, Schumacher sportni tark etganini eʼlon qildi. Keyinchalik 2010-yildan 2012-yilgacha Mercedes jamoasida qisqa vaqt poygalarda qatnashdi.
Schumacher poygalar paytida uzoq vaqt davomida oʻz tezligini maksimal chegarada ushlab tura olish qobiliyatiga ega deb taʼriflangan. U va uning ukasi Ralf Formula-1 poygalarida g‘alaba qozongan yagona aka-uka hisoblanadi. Shuningdek, bir poygada birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan birinchi aka-uka poygachilardir. Ular keyingi to‘rtta poygada buni takrorlagan. Schumacher faoliyati davomida bir qancha bahsli poygalarda ishtirok etgan. Jumladan, ikki marta chempionlikni hal qiluvchi soʻnggi poygalar. Bular: 1994-yilgi Avstraliya Gran-prisida Damion Hill bilan, keyinroq esa 1997-yilgi Yevropa Gran-prisida Jacques Villeneuve bilan.
UNESCO elchisi boʻlgan Schumacher gumanitar loyihalarda ishtirok etgan va shu loyihalarga o‘n millionlab dollar xayriya qilgan.
2013-yil dekabr oyida Schumacher changʻi uchish paytida yiqilish tufayli bosh miya jarohatini olgan. U 2014-yilning iyunigacha tibbiy koma holatida edi. 2014-yil sentyabr oyida shaxsiy davolanish va reabilitatsiya olish uchun o‘z uyiga ko‘chirilgan. Unga qadar Lozanna universiteti kasalxonasida boʻlgan.
Dastlabki yillar
tahrirMichael Schumacher 1969-yil 3-yanvarda Germaniya Federativ Respublikasi Shimoliy Reyn-Vestfaliya federal hududiga tegishli Hürth shahrida, ishchi oilasida tugʻilgan. Otasi Rolf Schumacher (mahalliy kart trassasini boshqargan g‘isht teruvchi) va onasi Elisabeth Schumacher ushbu karting trassasi oshxonasini boshqargan[1]. Schumacher toʻrt yoshga toʻlganda, otasi tomonidan oʻzida bor karting mashinasiga kichik mototsikl dvigatelini qoʻshib, pedal kartini oʻzgartirdi. Keyinchalik ota-onasi Michaelni Kerpendagi Kerpen-Horremd karting trassasiga olib borishdi va u yerda Michael karting klubining eng yosh aʼzosi boʻldi. Olti yoshida Schumacher oʻzining birinchi klub chempionligini qoʻlga kiritdi. Oʻgʻlining poygadagi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun Rolf ikkinchi ishga kiradi, xotini esa avtodrom oshxonasida ishlay boshlagan. Michael poygadagi faoliyatini mahalliy tadbirkorlar koʻmagida davom ettirgan[2].
Germaniyadagi qoidalarga koʻra, haydovchi kart litsenziyasini olish uchun kamida 14 yoshda boʻlishi kerak. Shu sababli Schumacher 12 yoshida Lyuksemburgga borib litsenziya oldi[3]. 1983-yilda u Germaniya o'smirlar o'rtasidagi kart chempionatida gʻolib chiqqanidan bir yil oʻtib, nemis litsenziyasini qoʻlga kiritdi. Schumacher 1985-yilda Eurokart dileri Adolf Neubertga qoʻshildi va 1987-yilga kelib u kart boʻyicha Germaniya va Yevropa chempioni boʻldi. Keyin maktabni tashlab, mexanik boʻlib ishlay boshladi. 1988-yilda u Germaniyaning Formula Ford va Formula König seriyalarida qatnashib, ikkinchisida gʻalaba qozondi. Bu uning bir oʻrindiqli avtomobil poygasidagi ilk qadami edi[4].
1990-yilda Formula 3 boʻyicha oʻzining raqiblari Heinz-Harald Frentzen va Karl Wendlinger bilan birgalikda Sport avtomobillari boʼyicha jahon chempionatida Mercedes oʻsmirlar poyga dasturiga qoʻshildi. Bu yosh haydovchi uchun kutilmagan holat edi. Zero, Schumacherning aksariyat oʻziga teng poygachilar Formula 1da qatnashish yoʻlida avval Formula 3000 chempionatida qatnashgan. Weber Schumacherga professional matbuot anjumanlarida qatnashish va uzoq masofali poygalarda mashinalarni boshqarishda yordam berdi. 1990-yilgi Sport avtomobillari boʻyicha jahon chempionati mavsumida Schumacher oʻzining Sauber avtomobili bilan Hermanos Rodriges avtodromida gʻalaba qozondi[5][6]. To‘qqizta poygadan faqat uchtasida ishtirok etganiga qaramay, poygachilar chempionatida beshinchi o‘rinni egalladi. U 1991-yilgi Jahon sport avtomobillari chempionati mavsumida jamoa bilan qoldi va Yaponiyadagi Formula 3000 Championshipdagi mavsumning soʻnggi poygasida Sauber- Mercedes-Benz C291 bilan yana gʻalaba qozondi va poygachilar chempionatida toʻqqizinchi oʻrinni egalladi. U, shuningdek, oʻsha mavsumda Le Mans poygasida ishtirok etdi va Wendlinger, Fritz Kreutzpointner bilan birgalikda beshinchi oʻrinni egalladi. 1991-yilda u Formula 3000 boʻyicha Yaponiya chempionatida bitta poygada qatnashib, ikkinchi oʻrinni egalladi[7].
Formula 1
tahrir"Hech kim hech qachon Schumacherdan buyukroq boʻlmaydi. Michael hech kimga oʻxshamagan avlodni shakllantirgan, u timsol."
Toto Wolff[8]
|
Schumacher butun faoliyati davomida poyganing muhim daqiqalarida tez aylana olish va uzoq vaqt davomida oʻz mashinasini eng yuqori chegarada ushlab turish qobiliyati borligi taʼkidlangan[9][10]. 2003-yilda Motor Sport muallifi Christopher Hilton „haydovchining qobiliyatining oʻlchovi uning poygalardagi faol ishlashidir, chunki eng nozik avtomobil boshqaruvi uchun sezgirligi kerak“, deb taʼkidladi va boshqa buyuk haydovchilar kabi, Schumacherni misol tariqasida koʻrsatadi[11]. 2003-yil oxirigacha Schumacher nam sharoitda qatnashgan 30 ta poygadan 17 tasida gʻalaba qozongan[12]. Schumacherning baʼzi eng yaxshi oʻyinlari shunday sharoitlarda sodir boʻlganligi sababli, unga " Regenkönig " (yomgʻir qiroli) yoki „Regenmeister“ (yomgʻir ustasi) laqablarini berilgan[13]. Hatto nemis tilidagi boʻlmagan ommaviy axborot vositalarida ham bu haqida keltirib oʻtilgan. U qizil Ferrari tufayli va Birinchi jahon urushidagi mashhur uchuvchi nemis Manfred von Richthofenga ishora qilib, Qizil baron nomi bilan ham tanilgan. Schumacherning taxalluslari orasida „Schumi“, „Schuey“ va „Schu“ ham bor[14][15][16].
Jordan (1991)
tahrirSchumacher 1991-yil Belgiya Gran-prisida Irlandiyaning Jordan-Ford jamoasi bilan „Formula-1“da debyut qilgan, qamoqdagi Bertran Gachot o‘rniga 32-raqamli avtomashinani boshqargan. Mercedes Jordanga debyuti uchun 150 000 dollar toʻlagan[17][18].
Benetton (1991—1995)
tahrirBelgiya Gran-prisidagi debyutidan soʻng Jordan va Schumacherning Mercedes rahbariyati oʻrtasida mavsumning qolgan qismida Irlandiya jamoasi uchun ishtirok etishi haqidagi printsipial kelishuvga qaramay, Schumacher keyingi poyga uchun Benetton-Ford jamoasiga yoʻl oldi. Jordan Britaniya sudlariga Schumacherning Benetton jamoasida ishtirok etishini taʼqiqlash uchun murojaat qildi, biroq ular hali yakuniy shartnoma imzolamagani uchun ishni yutqazdi.
1991—1993
tahrirSchumacher 1991-yilgi mavsumda olti poygada ishtirok etdi va to‘rt ochko toʻpladi. Uning eng yaxshi marrasi oʻzining ikkinchi poygasi Italiya Gran-prisi boʻldi va poyga yakunida beshinchi oʻrinni egalladi. U oʻz jamoadoshi va uch karra jahon chempioni Nelson Piquetdan oldinda marraga yetib kelgan edi[19].
1994—1995
tahrirSchumacher 1994-yilda oʻzining birinchi haydovchilar chempionatida gʻalaba qozondi. Biroq mavsum Sennaning oʻlimi bilan yakunlangan edi. Sennaning orqasida turgan Schumacher uning oʻlimiga guvoh boʻlgan. Bir qancha jamoalar ushbu masala yuzasidan Benetton jamoasi sportning texnik qoidalarini buzdi deb shikoyat bergan[20][21].
Ferrari (1996—2006)
tahrir1996-yilda Schumacher ikki yil davomida beriladigan 60 million dollar maosh evaziga 1979-yilda haydovchilar chempionati va 1983-yilda konstruktorlar chempionatida g‘olib chiqqan Ferrari jamoasiga qo‘shildi. U Benettonni ular bilan shartnomasi tugashiga bir yil qolganda tark etdi. Keyinchalik u 1994-yilda jamoaning harakatlarini oʻz kelishuvidan voz kechishiga sabab sifatida koʻrsatdi[22]. Bir yil oʻtgach, Schumacher Benetton xodimlari Rory Byrne (dizayner) va Ross Brawnni (texnik direktor) Ferrariga jalb qildi[23].
Shlem
tahrirSchumacher Shubert bilan birgalikda birinchi yengil vaznli uglerodli dubulgʻani yaratishga yordam berdi. 2004-yilda prototip tank tomonidan haydash orqali ommaviy sinovdan oʻtkazildi[24]. Shlem havo oqimini ellikta teshikdan oʻtkazib, haydovchini salqin tutishi qayd etilgan. Schumacherning asl shlemida Germaniya bayrog'i va homiyning stiker ranglari aks etgan[25]. Tepasida oq astroidli koʻk doira boʻlgan. 2000-yilgi Monako Gran-prisidan oʻzining ranglarini oʻzining yangi jamoadoshi Rubens Barrikellodan farqlash uchun shlemi asosan oq rangda, tepasida koʻk doira va visorni oʻrab turgan qizil rangga oʻzgartirdi[26][27]. 2006-yilgi Braziliya Gran-prisi uchun u toʻqson bitta Gran-pri gʻalabasi nomini oʻz ichiga olgan toʻliq qizil shlem kiygan edi[28]. 2011-yilgi Belgiya Gran-prisida, Schumacherning Formula-1dagi 20 yilligi munosabati bilan u esdalik uchun oltin bargli shlem kiygan boʻlib, unda oʻzining debyut yili va yettita Jahon chempioni unvonining mavsumlari koʻrsatilgan edi[29]. 2012-yilgi Belgiya Gran-prisida oʻzining 300-Gran-pri ishtirokida Schumacher oʻzining muvaffaqiyati haqida xabar yozilgan platinali, bargli shlem kiygan edi[30].
-
1994-yil mavsum uchun shlem (Benetton) jamoasida; Schumacher to‘qqiz yil davomida Bell jamoasida ushbu shlemdan foydalangan.
-
1995 yilgi mavsum uchun qoʻngʻiroqli shlem.
-
Schuberth tomonidan ishlab chiqilgan shlem.
-
Ferrari muzeyidagi Marlboro logotipi tushirilgan Schuberth shlemi.
-
2011 yilgi mavsum uchun Schuberth shlemi.
Natijalar
tahrirUmumiy natijlar
tahrir24 Hours of Le Mans
tahrirYil | Jamoa | Yordamchi haydovchi | Poyga mashinasi | Klass | Aylanish | Poz. | Klass poz. |
---|---|---|---|---|---|---|---|
24 Hours of Le Mans | Team Sauber Mercedes | Karl Wendlinger Fritz Kreutzpointner |
Mercedes-Benz C11 | C2 | 355 | 5 | 5 |
Japanese Formula 3000 Championship
tahrirYil | Jamoa | Shassi | Dvigatel | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | Oʻrin | Ball |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
1991 | Team LeMans | Ralt RT23 | Mugen | SUZ | AUT | FUJ | MIN | SUZ | SUG 2 |
FUJ | SUZ | FUJ | SUZ | FUJ | 12 | 6 |
Manbalar
tahrir- ↑ Donaldson, Gerald „Hall of Fame – World Champions: Michael Schumacher“. Formula1.com. 2017-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 28-may.
- ↑ Collings, Timothy. Team Schumacher. Highdown, 2005 — 35–37-bet. ISBN 978-1-905156-03-0.
- ↑ „The Beginning“. mschumacher.com (2006). 2007-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 23-aprel.
- ↑ Domenjoz, Luc. Michael Schumacher: Rise of a genius. Parragon, 2002 — 10–12, 170–171-bet. ISBN 978-0-7525-9228-2.
- ↑ Schumacher vs Hakkinen | 1990 Macau Formula 3 Race.
- ↑ Kopu, Ville; Nottmeier, Jan „Schumacher 500: Has the King Lost His Crown?“. autosport.com (2006-yil 24-oktyabr). 2015-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-fevral.
- ↑ Watkins, Gary (February 2005). „Schumacher at Sauber“. Autosport. 6 August 2013da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17 December 2012.
- ↑ Kollmar, Tom; Milewski, Michel; Rulle, Silja „Niemand wird je größer als Schumi sein“ [Nobody will ever be greater than Schumi] (de). Bild (2021-yil 11-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 12-dekabr.
- ↑ „Formula 1's Greatest Drivers: 2. Michael Schumacher“. Autosport. Haymarket Publications (2009-yil 10-dekabr). 2014-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 10-dekabr.
- ↑ Hamilton, Maurice. Formula One: The Champions: 70 years of legendary F1 drivers. White Lion Publishing, 2020 — 166–175-bet. ISBN 9781781319468.
- ↑ Hilton, Christopher. Michael Schumacher: The greatest of all. Haynes, 2003 — 131–132-bet. ISBN 978-1-84425-044-8. Hilton has defined a race in wet conditions as „all races where it rained — even if that was a shower“.
- ↑ Hardcastle, Jonathon „Michael Schumacher“. 2007-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 12-iyul.
- ↑ „Michael Schumacher – Master of the F1 Circuit“. Auto Racing. 2007-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 12-iyul.
- ↑ „Alonso ahead of Schumi“. News24 (2006-yil 21-oktyabr). 2007-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 22-oktyabr.
- ↑ Tremayne, David. „Schuey exit promises many twists and turns“. The Independent (2006-yil 22-oktyabr). 2007-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 22-oktyabr.
- ↑ „Schu brought down to earth“. ITV (2006-yil 11-oktyabr). 2007-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 14-oktyabr.
- ↑ Collings, Timothy. The Piranha Club. Virgin Books, 2004 — 17-bet. ISBN 978-0-7535-0965-4.
- ↑ Hilton, Christopher. Michael Schumacher: The whole story. Haynes, 2006 — 62–66-bet. ISBN 978-1-84425-008-0.
- ↑ Collings, Timothy „Welcome to the Piranha Club“, . The Piranha Club. Virgin Books, 2007. ISBN 978-1-85227-907-3.
- ↑ Domenjoz, Luc. Michael Schumacher: The Rise of a Genius. Parragon, 2006 — 44–47-bet. ISBN 978-0-7525-9228-2.
- ↑ Saward, Joe „Globetrotter: Rocking the boat“. GrandPrix.com (1994-yil 11-avgust). 2008-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 28-avgust.
- ↑ Cooper, Steve (August 2007). „McLaren dream team turns into nightmare“. Autosport. 189-jild, № 6. 6–8-bet.
- ↑ Hamilton, Maurice „Brawn has the brains and grace to turn any formula one team into a world-beater“. The Guardian (2009-yil 18-aprel). Qaraldi: 2021-yil 30-avgust.
- ↑ „Even a tank can't halt schu now“. JEC Composites. 2007-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 8-noyabr.
- ↑ „Michael Schumacher Helmet Profile“. theprancinghorse.co.uk. 2006-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 10-fevral.
- ↑ „Gallery: Michael Schumacher's F1 helmets“. Motorsport.com. 2018-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 22-mart.
- ↑ „Michael Schumacher Biography“. mschumacher.com. 2006-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 25-oktyabr.
- ↑ „Michael's winning helmet“. PitPass (2006-yil 21-oktyabr). 2007-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 7-noyabr.
- ↑ Noble, Jonathan. „Behind the scenes at Spa“. Autosport. Haymarket Publications (2011-yil 29-avgust). 2011-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 30-avgust.
- ↑ „Michael Schumacher 2012 300TH GP Commemorative F1 Replic“. www.cmhelmets.com. 2017-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Michael Schumacher“. MotorSport. Qaraldi: 2020-yil 1-dekabr.
- ↑ Hilton, Christopher. Michael Schumacher: The Whole Story. Haynes Publishing, 2006. ISBN 1-84425-008-3.