Michael de Leeuw (talaffuzi: Maykl de Leyuw; 1986-yil 7-oktyabrda Niderlandiyada tugʻilgan) — gollandiyalik futbolchi, „Groningen“ futbol klubida hujumchi.

Michael de Leeuw
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Michael Jeroen Maarten Michiel de Leeuw
Tavallud sanasi 7-oktyabr 1986-yil (1986-10-07) (37 yosh)
Tavallud joyi Goirle, Niderlandiya
Boʻyi 1.78 m
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Willem II
Raqami 23
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
DWC
RKTVV Tilburg
2007—2009 Willem II
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009—2011 Veendam 67 (38)
2011—2012 De Graafschap 33 (10)
2012—2016 Groningen 111 (48)
2016—2018 Chicago Fire 57 (12)
2019—2021 Emmen 71 (25)
2021—2022 Groningen 31 (4)
2022— Willem II 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 12-avgust uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

 
De Leeuw Chicago Fire safida (2017-yil 28-iyun)

De Leeuw professional faoliyatini „Wendam“ futbol klubida boshlagan. 2009-yilning 7-avgustda u yangi jamoadagi debyutini „Haarlem“ futbol klubiga qarshi oʻtkazgan[1]. Oʻsha oʻyinda Mikael „Wendam“ futbol klubi safidagi ilk gollarini urib, „dubl“ qayd etgan. Debyut mavsumida u 25 ta gol urgan va chempionat toʻpurari boʻlgan. 2011-yilning yozida de Leeuw „De Graafschap“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 14-avgust kuni „Utrecht“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Erediviziyada debyut qilgan[2]. 15-oktyabr kuni „Heerenveen“ futbol klubiga qarshi bahsda Mikael „De Graafschap“ futbol klubi safidagi ilk golini urgan[3].

2012-yilning yozida de Leeuw „Groningen“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 26-avgust kuni „PSV“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi klubi safida debyut qilgan[4]. 22-sentyabr kuni „TSV Havelse“ futbol klubiga qarshi bahsda Mikael „Groningen“ futbol klubi safidagi ilk golini urgan[5]. 2015-yilda u klubga Gollandiya kubogini yutishda yordam bergan.

2016-yilning 17-mayida de Leeuw MLSning „Chicago Fire“ futbol klubiga ko‘chib o‘tgan va 2018-yilning oxirigacha uch yillik shartnoma imzolagan[6]. U Amerika ligasidagi debyutini 9-iyul kuni „Toronto“ futbol klubiga qarshi oʻtkazgan[7]. 13-iyul kuni „Sporting Kansas City“ futbol klubiga qarshi bahsda u „Chicago Fire“ futbol klubi safidagi ilk golini urgan[8]. 2017-yilning 30-sentyabrida „New-York City“ futbol klubiga qarshi o‘yinda de Leeuw chap tizzasidan jarohat olib, 10 oy maydonga tushmagan[9]. 2018-yilgi mavsum oxirida „Chicago Fire“ futbol klubi De Leeuw bilan shartnomani uzaytirmagan[10].

2018-yilning 31-dekabrida De Leeuw „Emmen“ futbol klubiga kelib, yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan bir yarim yilga shartnoma imzolagan[11].

2021-yilning 26-martida De Leeuwning „Groningen“ futbol klubiga qaytishi eʼlon qilindi. Hujumchi klub bilan 2021—2022-yilgi mavsum uchun bir yillik shartnomaga kelishib oldi va shartnomada futbolchilik faoliyatini yana bir yilga uzaytirilishi kelishib olingan. Shundan soʻng uni klub rahbariyati murabbiy boʻlishiga va „Groningen“ futbol klubi akademiyasida ishlashga taklif qilishgan[12].

Statistika tahrir

Jamoa Mavsum Liga Kubok Xalqaro turnir Boshqa Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
BV Veendam 2009—2010 36 25 1 0 0 0 - 37 25
2010—2011 31 13 2 0 0 0 1 1 34 14
Jami 67 38 3 0 0 0 1 1 71 39
De Graafschap 2011—2012 33 10 2 1 0 0 2 0 37 11
Groningen 2012—2013 30 11 3 1 0 0 2 0 35 12
2013—2014 24 9 3 0 0 0 4 0 31 9
2014—2015 28 17 4 7 1 0 0 0 33 24
2015—2016 27 9 3 1 3 0 1 0 34 10
Jami 109 46 13 9 4 0 7 0 133 55
Chicago Fire 2016 18 7 2 1 0 0 0 0 20 8
2017 30 3 1 0 0 0 0 0 31 3
2018 9 2 0 0 0 0 0 0 9 2
Jami 57 12 3 1 0 0 0 0 60 13
FC Emmen 2018—2019 16 3 0 0 - - 16 3
2019—2020 26 9 1 1 - - 27 10
Jami 42 12 1 1 0 0 0 0 43 13
Umumiy faoliyatida 308 118 22 12 4 0 10 1 344 131

Manbalar tahrir

  1. „Харлем VS. Вендам 2:0“ (en). soccerway.com (2009-yil 7-avgust). 2022-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 22-oktyabr.
  2. „Утрехт VS. Де Графсхап 2:2“ (en). soccerway.com (2011-yil 14-avgust).
  3. „Херенвен VS. Де Графсхап 1:1“ (en). soccerway.com (2011-yil 15-oktyabr). 2020-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 22-oktyabr.
  4. „Гронинген VS. ПСВ 1:3“ (en). soccerway.com (2012-yil 26-avgust).
  5. „Зволле VS. Гронинген 1:2“ (en). soccerway.com (2012-yil 22-sentyabr). 2013-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 22-oktyabr.
  6. „Chicago Fire Acquire Dutch Forward Michael de Leeuw“ (en). Chicago Fire (2016-yil 17-may). 2017-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-aprel.
  7. „Chicago Fire Come Up Short in 1-0 Loss at Toronto FC“ (en). Chicago Fire (2016-yil 9-iyul). 2016-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 23-iyul.
  8. „Michael de Leeuw Scores in Home Debut to Lead Chicago Fire to 1-0 Win Against Sporting Kansas City“ (en). Chicago Fire (2016-yil 14-iyul). 2016-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-avgust.
  9. „Michael de Leeuw undergoes reconstructive surgery to repair a ruptured left anterior-cruciate ligament“ (en). Chicago Fire (2017-yil 9-noyabr). 2019-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-fevral.
  10. „Chicago Fire Soccer Club Exercises Contract Options on Six Players“ (en). Chicago Fire (2018-yil 26-noyabr). 2018-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-noyabr.
  11. „Welkom, Michael de Leeuw!“ (nl). FC Emmen (2018-yil 31-dekabr). 2018-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-yanvar.
  12. „FC Groningen haalt De Leeuw terug“ (nl). FC Groningen (26 maart 2021). 2021-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-dekabr.