Microsoft OneNote
Microsoft OneNote (avvalgi nomi ilgari Microsoft Office OneNote) - tezkor qaydnomalarni yaratish hamda shaxsiy maʼlumotlarni tashkillashtirish dasturi, qaydlarni ierarxik shaklda tashkillashtirish imkonini beradi. Microsoft Office paketiga kiritilgan. 2014-yil 17-martdan bepul boʻldi, uni Microsoft veb-saytidan alohida yuklab olish mumkin.
Microsoft OneNote | |
Muallif | Microsoft |
---|---|
Chiqarilgan sana | 2003-yil |
So‘nggi versiyasi | |
Operatsion tizim | Microsoft Windows, macOS, Android, iOS |
Vebsayt: | https://onenote.com |
Mahsulot Microsoft Tablet PC platformasi rivojlanishi sababli ishlab chiqildi. OneNote qisqa eslatmalarni saqlash uchun moʻljallangan boʻlib, bu ayniqsa, matnni qoʻlda yozish va eslatma qoʻshish imkoniyati mavjud boʻlgan planshet foydalanuvchilari uchun qulaydirlik taqdim etadi. Bundan tashqari, dasturdan Microsoft Windows va macOS operatsion tizimlariga ega oddiy ish stoli kompyuterlarida ham foydalanish mumkin. Dasturning mobil qurilmalar uchun ishlab chiqilgan koʻrinishlari ham mavjud[1]
OneNote dasturining ish maydoni boʻsh varaq boʻlib, istalgan joyda matn va klaviaturadan eslatmalar, chizmalar va ovozli sharhlarni yozib kiritishingiz mumkin. Shuningdek, OneNote ilovasiga maʼlumotlarni brauzer oynasidan sudrab olish yoʻli bilan qoʻshishingiz mumkin. Ushbu dasturda "Saqlash" belgisi yoʻq boʻlganligi sababli, kiritilgan maʼlumotlar avtomatik ravishda saqlanadi.
Varaqlar boʻlimlarga, boʻlimlar esa daftarlarga birlashtiriladi. Boʻlimdagi varaqlar roʻyxati joriy varaqning oʻng tomonida, boʻlimlar roʻyxati yuqorida va ochiq daftarlar roʻyxati chap tomonda joylashgan.
Qaydlar HTML formatida yoki OneNote ilovasi sifatida elektron pochta orqali yuborilishi mumkin.
Microsoft OneNote birinchi marta 2003-yil oktabr oyida Microsoft Office System 2003 paketining bir qismi sifatida taqdim etildi.
Bugungi kunda dastur ikki hil koʻrinishda (OneNote 2016 va OneNote) ishlab chiqarilib[2][3], ikkalasidan bir vaqtning oʻzida foydalanish mumkin.
OneNoteʼning bugungi kundagi talqini bepul talqinda tarqatilsada, Office 365 paketi foydalanuvchilar OneNote dasturining 5 hil qoʻshimcha imkoniyatga ega (ijro etish, soʻzma-soʻz aytib turish, yorliqlar qoʻyish, matematik amallar bajarish, tadqiqotchilar uchun yordamchi funksiya) koʻrinishidan foydalanishlari mumkin.
Manbalar
tahrir- ↑ „OneNote now on Masalan, free everywhere, and service powered“. Office Blogs. Microsoft (17-mart 2014-yil). 18-mart 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-mart 2014-yil.
- ↑ Карпенко К. Е.. Записная книжка OneNote. 2018, Литрес, 2018.
- ↑ „Различия между OneNote и OneNote 2016“ (ru). support.office.com. Qaraldi: 2019-yil 10-mart.