Miguel Ángel Asturias
Miguel Angel Asturias (1899.19.10 - Gvatemala — 1974.9.6) — gvatemalalik jurnalist, yozuvchi va shoir. 1925—33 yillar Yevropada emig-ratsiyada boʻlgan. "Gvatemala afsonalari" (1930) kitobida mayya qabilasi mifologiyasini sheʼriy yoʻlda aks ettirgan. "Senor prezident" (1946) romanida zulmga asoslangan rejimni fosh qilgan. A.ning dunyoga tanitgan roman-trilogiyasi 20-asr Gvatemala xalqining ozodlikka erishish yoʻlidagi kurashi gʻoyalari bilan sugʻorilgan ("Kuchli shamol", 1950; "Yashil Papa", 1954; "Dafn etilganlar koʻzi", 1960). "Joʻxori odamlar" (1949), "Mulat ayolning oʻzginasi" (1964), "Lid Sol koʻzgusi" (1967) romanlari ham bor. A. ijodiga Gvatemaladagi mahalliy aholi (mayyalar) urf-odatlari, folklori sezilarli taʼsir koʻrsatgan. Nobel mukofoti laureati (1967).[2]
Miguel Ángel Asturias | |
---|---|
Tavalludi | 19-oktyabr 1899[1] |
Vafoti | 9-iyun 1974[1] |
Ijod qilgan tillari | Ispan tili[1] |
Fuqaroligi | Gvatemala |