Miguel Ángel Guerrero Martín (ispancha: Miguel Ángel Guerrero Martín; 1990-yil 12-iyulda Ispaniyaning [[Kastiliya-La-Mancha]] viloyatidagi Boroks shahrida tugʻilgan) ispaniyalik futbolchi boʻlib, „Ivisa“ jamoasining hujumchisi hisoblanadi.

Miguel Ángel Guerrero
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Miguel Ángel Guerrero Martín
Tavallud sanasi 12-iyul 1990-yil (1990-07-12) (34 yosh)[1]
Tavallud joyi Toledo Ispaniya[1]
Boʻyi 1.80 m[1]
Ampluasi Hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1996–1999 Atletiko Madrid
1999–2000 Real Madrid
2000–2007 Xetafe
2007–2008 Toledo
2008–2009 Rayo Vallekano

Klubdagi faoliyati

tahrir

Gerrero „Atletiko Madrid“, „Real Madrid“, „Xetafe“, „Toledo“ va „Rayo Vallekano“ klub akademiyalarida futbol boʻyicha taʻlim olgan. 2009-yilda Miguel „Albacete“ futbol klubi bilan oʻzining birinchi professional shartnomasini imzolagan. 2010-yil 9-yanvarda „Rekreativo“ jamoasiga qarshi oʻyinda u Ispaniyaning Segundasida debyut oʻyinida maydonga tushgan[2]. 2011-yilda Gerrero Xixon „Sporting“iga oʻtgan va u yerda oʻyin amaliyotini oshirish uchun dastlab zaxira jamoasida oʻynagan. 2012-yil yozida „Numansiya“ga qarshi oʻyinda u asosiy tarkibda debyut qilgan[3]. 2013-yil 9-fevralda „Lugo“ga qarshi bahsda Miguel „Sporting“ safidagi ilk golini urgan. 2014/2015-yilgi mavsum yakunida Gerrero jamoaning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan va uning elitaga chiqishiga hissa qoʻshgan. 2015-yil 23-avgustda u La Ligadagi ilk oʻyinini Madridning „Real“iga qarshi oʻtkazgan[4].

2016-yil yozida Gerrero „Leganes“ga oʻtgan. 22-avgust kuni „Selta“ga qarshi oʻyinda u yangi klubi tarkibida maydonga tushgan[5]. 10-dekabr kuni „Las-Palmas“ jamoasiga qarshi oʻyinda Miguel „Leganes“ safidagi ilk golini kiritgan[6].

2018-yil yozida Gerrero erkin agent sifatida Gretsiyaning „Olimpiakos“ klubi bilan shartnoma imzolagan[7]. 26-avgust kuni „Levadiakos“ga qarshi oʻyinda u Gretsiya Superligasida debyut qilgan. 2-sentabr kuni PAS Yanina jamoasiga qarshi bahsda Miguel „Olimpiakos“ safidagi ilk golini urgan[8]. 4-oktabr kuni Yevropa ligasi doirasida Italiyaning „Milan“ klubiga qarshi oʻyinda ham u gol kiritgan[9].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 „Miguel Ángel Guerrero“. Eurosport. Qaraldi: 2021-yil 8-fevral.
  2. „Рекреативо VS. Альбасете 0:0“ (en). soccerway.com (2010-yil 9-yanvar).
  3. „Луго VS. Спортинг Хихон 1:2“ (en). soccerway.com (2013-yil 9-fevral). 2013-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-avgust.
  4. „Спортинг Хихон VS. Реал Мадрид 0:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 23-avgust). 2020-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-avgust.
  5. „Сельта VS. Леганес 0:1“ (en). soccerway.com (2016-yil 22-avgust). 2018-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-avgust.
  6. „Лас-Пальмас VS. Леганес 1:1“ (en). soccerway.com (2016-yil 10-dekabr). 2017-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-avgust.
  7. „Олимпиакос Пирей VS. Левадиакос 1:0“ (en). soccerway.com (2018-yil 26-avgust). 2022-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-avgust.
  8. „Олимпиакос Пирей VS. ПАС Янина 5:0“ (en). soccerway.com (2018-yil 2-sentyabr). 2022-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-avgust.
  9. „Милан VS. Олимпиакос Пирей 3:1“ (en). soccerway.com (2018-yil 4-oktyabr). 2018-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-avgust.