Mihail Ivanov Aleksandrov (talaffuzi: Mixail Aleksandrov; 1989-yil 11-iyunda tugʻilgan) — bolgariyalik futbolchi, yarim himoyachi[2]. Asosan oʻng qanot himoyachisi va oʻng qanot yarim himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Mihail Aleksandrov
Aleksandrov Arsenal Tula safida, 2017-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Mihail Ivanov Aleksandrov
Tavallud sanasi 11-iyun 1989-yil (1989-06-11) (34 yosh)
Tavallud joyi Sofia, Bolgariya
Boʻyi 1.79 m (5 ft 10 in)[1]
Ampluasi Yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1996—2007 CSKA Sofia
2007—2009 Borussia Dortmund
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2006—2007 CSKA Sofia 3 (0)
2010 Akademik Sofia 11 (0)
2010—2016 Ludogorets Razgrad 106 (17)
2016—2017 Legia Warsaw 18 (1)
2017—2019 Arsenal Tula 33 (1)
2019—2021 Arda Kardzhali 10 (0)
2021 Slavia Sofia 14 (0)
Milliy terma jamoa
2006 Bolgariya U17 5 (0)
2008 Bolgariya U19 9 (2)
2014—2017 Bolgariya 21 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2021-yil 13-mart uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2017-yil 13-noyabr uchun)

Faoliyati tahrir

SSKA Sofia tahrir

Aleksandrov faoliyatini SSKA Sofiada boshlagan. 2006-yil 26-noyabrda 17 yoshida Belasitsa Petrich ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda asosiy jamoa safida debyut qilgan.

Borussia Dortmund tahrir

2007-yilning avgustida Aleksandrov Dortmundning Borussia klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi[3]. Borussiaga oʻtgandan soʻng faqat klubning Borussia Dortmund II jamoasida oʻynadi[4][5]. 2008-yilning 7-noyabrida Kyoln II ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda debyut qilgan.Borussia IIda koʻp vaqtini zaxira oʻrindigʻida oʻtkazdi, bor-yoʻgʻi beshta oʻyinda maydonga tushdi.

Akademik Sofia tahrir

Shartnomasi 2010-yil iyul oyining oxirida tugagach, Aleksandrov Akademik Sofiaga oʻtishga rozi boʻldi[6].

Ludogorets Razgrad tahrir

 
Aleksandrov 2011-yilda Ludogoretsda

2010-yil 22-dekabrda Aleksandrov Ludogorets Razgrad safiga qoʻshildi[7]. 2011-yil 19-martda Ludogorets safida Dobrudzha Dobrichga qarshi oʻyindagi debyut uchrashuvida gol urdi.

Aleksandrov keyingi 2011—2012-yilgi mavsumni Ludogorets tarkibida yaxshi formada boshlagan. 20-avgust kuni Vidima-Rakovskiga qarshi oʻyinda (4:0) Marcelinhoga assistentlik qildi. Aleksandrov 11-sentyabr kuni Slaviya Sofiaga qarshi oʻyinda (6:0) Ludogoretsning uchinchi golini kiritdi, bu mavsumdagi ilk goli edi. 18-sentyabr kuni Cherno More ustidan mehmonda 1:0 hisobida gʻalaba qozonib, mavsumdagi ikkinchi golini urdi. 13-oktyabr kuni Aleksandrov Ludogorets bilan yangi ikki yillik shartnoma imzoladi[8].

2013-yil 31-iyulda Aleksandrov UEFA Chempionlar Ligasi birinchi oʻyinida Ludogorets Partizan ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonganida ilk golini kiritdi[9].

Legia Warsaw tahrir

2016-yil 29-fevralda Aleksandrov Varshavaning Ekstraklasa klubi bilan bir yarim yillik shartnoma imzoladi[10]. Jamoadagi debyutini 2016-yilning 5-martida Gornik Zabrzega qarshi oʻyinda oʻtkazdi[11].

Arsenal Tula tahrir

2017-yilning 10-fevralida Legiya Aleksandrovning Rossiya Premer-ligasi klubi Arsenal Tulaga oʻtganini eʼlon qildi[12]. 2018-yilning 8-iyulida shartnomasini yana bir yilga, qoʻshimcha 1 yillik faoliyat varianti bilan uzaytirdi[13]. 2018—2019-yilgi mavsumning ochilish oʻyinida Moskvaning Dinamo klubiga qarshi oʻyinda tizzasidan jarohat oldi[14]. 2019-yil yanvar oyida jarohatidan tuzalib, mashgʻulotlarga qaytdi[15][16]

Arda Kardzhali tahrir

2019-yil 2-sentyabrda u Bolgariyaning Arda Kardzhali klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi[17].

Terma jamoadagi faoliyati tahrir

2011-yil oktyabr oyida Aleksandrov Bolgariya terma jamoasiga Ukrainaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini va Walesga qarshi Yevro-2012 saralash oʻyiniga chaqiruv oldi. 2012-yilning fevral oyida Vengriyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyiniga ham tanlangan, ammo unda ishtirok etmagan[18]. Aleksandrov 2014-yil 5-mart kuni oʻrtoqlik oʻyinida Belarussiyaga qarshi maydonga tushdi[19].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

8-yanvar, 2019-yil
Liga Kubok Qitʼa Boshqa Jami
Klub Liga Mavsum Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
CSKA Sofia A guruh 2006—2007 3 0 0 0 0 0 - 3 0
Jami 3 0 0 0 0 0 0 0 3 0
Borussia Dortmund II Regionalliga 2007—2008 0 0 - - - 0 0
2008—2009 2 0 - - - 2 0
3. Liga 2009—2010 3 0 - - - 3 0
Jami 5 0 0 0 0 0 0 0 5 0
Akademik Sofia A guruh 2010—2011 11 0 0 0 - - 11 0
Jami 11 0 0 0 0 0 0 0 11 0
Ludogorets Razgrad B guruh 2010—2011 10 2 0 0 - - 10 2
A guruh 2011—2012 28 5 3 2 - - 31 7
2012—2013 15 5 0 0 1 0 1 0 17 5
2013—2014 28 4 7 2 14 1 0 0 49 7
2014—2015 22 1 4 0 11 0 1 0 38 1
Ludogorets Razgrad II B guruh 2015—2016 6 4 - - - 6 4
Ludogorets Razgrad A guruh 2015—2016 3 0 1 0 1 0 0 0 5 0
Jami 106 17 15 4 27 1 2 0 150 22
Legia Warsaw Ekstraklasa 2015—2016 11 0 3 0 - - 14 0
2016—2017 7 1 1 0 7 0 1 0 16 1
Jami 18 1 4 0 7 0 1 0 30 1
Arsenal Tula Rossiya Premer-ligasi 2016—2017 12 1 - - 2 0 14 1
2017—2018 19 0 1 0 - - 20 0
2018—2019 1 0 0 0 - - 1 0
Jami 32 1 1 0 0 0 2 0 35 1
Jami faoliyati 181 23 20 4 34 1 5 0 240 28

Milliy terma jamoa tahrir

Bolgariya terma jamoasi
Yil Ishtirok Gollar
2014-yil 5 0
2015-yil 6 1
2016-yil 7 2
Jami 18 3

Xalqaro gollari tahrir

2016-yil 7-oktyabrgacha boʻlib oʻtgan oʻyin holatiga koʻra.
Xalqaro gollar sanasi, oʻtkaziladigan joyi, taqvimi, raqibi, hisobi, natija va musobaqasi
Yoʻq. Sana Joy Oʻyini Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2015-yil 13-oktyabr Vasil Levski milliy stadioni, Sofia, Bolgariya 12   Ozarbayjon 1-0 2-0 UEFA Yevro-2016 saralashi
2 2016-yil 3-iyun Toyota stadioni, Toyota, Yaponiya 15   Yaponiya 1-6 2-7 2016-yil Kirin kubogi
3 2016-yil 7-oktyabr Stad de Frans, Sen-Denis, Fransiya 17   Fransiya 1-0 1-4 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi

Yutuqlari tahrir

Klubda tahrir

Ludogorets
  • A guruhi (4): 2011-2012, 2012-2013, 2013-2014, 2014-2015
  • Bolgariya kubogi (2): 2011-2012, 2013-2014
  • Bolgariya Superkubogi (2): 2012, 2014
Legia Warsaw
  • Ekstraklasa (2): 2015-2016, 2016-2017
  • Polsha kubogi (1): 2015-2016

Manbalar tahrir

  1. „Профил на Михаил Александров“. topsport.bg. Qaraldi: 2016-yil 10-oktyabr.
  2. „Stats Centre: Mihail Aleksandrov Facts“. Guardian.co.uk. 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Bulgarian Teenager Aleksandrov Poised to Sign for Borussia Dortmund“. novinite.com. Qaraldi: 2007-yil 13-avgust.
  4. „Mihail Aleksandrov“ (de). fussballdaten.de. Qaraldi: 2010-yil 14-yanvar.
  5. „Aleksandrov, Mihail“ (de). kicker.de. Qaraldi: 2010-yil 14-yanvar.
  6. „Академик взе играл в Борусия Дортмунд“ (bg). blitz.bg. 2012-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 5-avgust.
  7. „Лудогорец привлече Златковски и Мишо Александров“ (bg). blitz.bg (2010-yil 22-dekabr). 2010-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 22-dekabr.
  8. „Национал преподписа с Лудогорец“ (bg). sportal.bg. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 13-oktyabr.
  9. „Ludogorets Razgrad vs. Partizan Belgrade Matchcast“ (bg). topsport.bg. 2013-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 1-avgust.
  10. „Mihail Aleksandrov piłkarzem Legii!“ (pl). Legia Warsaw. Qaraldi: 2016-yil 29-fevral.
  11. Misho Aleksandrov trʼgna s pobeda nad Vidanov v Polsha
  12. „MICHAIŁ ALEKSANDROW ODCHODZI Z LEGII“ (pl). Legia Warsaw (2017-yil 10-fevral).
  13. „МИХАИЛ АЛЕКСАНДРОВ ОСТАЕТСЯ В "АРСЕНАЛЕ"“ (ru). FC Arsenal Tula (2018-yil 8-iyul).
  14. „"На записи нет ни одного столкновения, а связка порвана". Кутепов и Александров – герои программы "ФутБольно"“ (ru). Match TV (2018-yil 3-noyabr).
  15. „АРСЕНАЛЬЦЫ СОСКУЧИЛИСЬ ПО РАБОТЕ“ (ru). FC Arsenal Tula (2019-yil 11-yanvar).
  16. „МИХАИЛ АЛЕКСАНДРОВ ПОКИДАЕТ "АРСЕНАЛ"“ (ru). FC Arsenal Tula (2019-yil 9-avgust).
  17. „АРДА подписа с петкратен шампион на България“ (bg). FC Arda. Arda Kardzhali (2019-yil 2-sentyabr).
  18. „Гоним първа победа срещу Унгария като гост“ (bg). sportbg.eu. 2014-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 17-mart.
  19. „Bulgaria vs. Belarus 2:1“. flashcore.com. Qaraldi: 2014-yil 11-mart.